Transport logistikasi



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Transport logistikasi

9.3. Tara va uning xizmati 
Ortish va tushirish, tashish va saqlov operatsiyalarida yuklarni 
buzilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi.
Taralar mustahkam, koʻp marotaba foydalanishga moʻljallangan va 
iloji boricha arzon materiallardan yasalgan boʻlishlari zarur.
Ba‗zi bir taralangan yuklar zaifligi (moʻrtligi) yoki boshqa bir 
xususiyatlariga 
koʻra 
ular 
qoʻshimcha, 
ishonchliroq 
tara 
(supertara)lashni talab qiladilar. Masalan, sut mahsulotlari yoki shisha 


108 
qadahli mineral suvlar tashishda shisha qadahlarini maxsus reshyotka 
(plassmassa)larga 
joylashtiriladi, 
butilkadagi 
kislotalar 
daraxt 
shoxlaridan toʻqilgan maxsus savatlarda tashiladi.
Taralar gabaritlari, shakllari va unga joylashtiriluvchi yuk ogʻirlik 
miqdoriga hamda ishlatiluvchi materiallariga koʻra oʻz standart 
(andoza)lariga egadirlar. Taralarni standartlash mahsulot oborotini 
yaxshilash bilan birga, barcha transportlarda ham transport vositasi 
kuzovi yoki platformasi sigʻdirishi (yuk sigʻdirish va koʻtarish 
qobiliyati) dan maksimal foydalanish, bir turdagi ortish va tushirish 
mexanizmalari, konteyner va tagliklardan foydalanish imkonini beradi. 
Aksariyat hollarda ishlatiluvchi taralar: yashik, qoplar (ipchiq, tolali, 
qogʻoz- kraftqop), bitumlashtirilgan yoki bitumlashtirilmagan, 
polietapilen (mineral oʻgʻitlar uchun), metall va yogʻochli bochkalar va 
boshqalar. 
9.4. Taralarning turlari 
 
Odatda yuklarni tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida saqlash 
maqsadida taralar markirovkalanadi. Markirovkalash toʻrt xil boʻladi:

mahsulot markirovkasi - ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk 
turi va ogʻirligi koʻrsatiladi;

yuk markirovkasi - joʻnatish va eltib borish joyi (punkti), yuk 
joʻnatuvchi va qabul etuvchilar koʻrsatiladi;

transport markirovkasi - toʻldirilgan hujjat nomeri (tartibi) va
joylar soni koʻrsatiladi;

maxsus markirovka - ayrim xususiyatlar koʻrsatiladi.
«surilmasin», «ustki qismi», «ehtiyot boʻling - sinadi» yoki fujer 
rasmi, «nurdan saqlang» va h.k.
Markirovkada koʻrsatilgan talablarni bajarish tashuvchilar, ortish va 
tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va 
boshqa shaxslar uchun qonun kuchidagi majburiydir.


109 
 
9.2-
rasm

Markirovka turlari
Konteyner bu koʻp marotaba ishlatuvchi tara boʻlib, ular transport 
vositalariga ortish va undan tushirishda mexanizatsiya ishlatishga 
moslangan. Amalda konteynerlar taxtadan, metalldan va plastmassadan 
qattiq qilib yasalgan va rezina yoki sintetika plyoʻnkalaridan elastik 
qilib yasalgan boʻlish mumkin. Ular faqatgina bir transport turi bilan 
tashiluvchi (shu joyli) va bir necha turdagi transport vositalarida 
tashiluvchi tranzit konteynerlarga boʻlinadi.
Konteynerlar vazifalariga koʻra universal va maxsus boʻlishlari 
mumkin. Universal konteynerlar har xil mahsulotlarni (aksariyat holda 
aholi iste‗moli mahsulotlari) tashishga, maxsus konteynerlar esa aniq 
yuk turi yoki yuklarning kichik bir guruhini tashishga moʻljallangan 
boʻladi.
Davlat standartiga binoan konteynerlar brutto - massasi 10, 20 va 30 
tonnali koʻp yuk tashuvchi (suv va quruqlik transportlarida 
qoʻllaniluvchi), 2,5.... 5 t (temir yoʻllarda qoʻllaniluvchi) va kam tonnajli 
0,625....1.25t avtomobil konteynerlaridan iborat boʻladi.


110 
Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan 
iborat:

ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib 
qolishini kamaytirish;

mehnat 
sarfini 
kamaytirish, 
chunki 
transport 
vositasi 
platformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan 
tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi; 

yuk tashishda ularning yaxshi saqlanishini ta‗minlash;

aralash transport turlarida tashishda konteynerlarda yuk tashish 
qulayligi.
Chunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni oʻtkazishda, 
faqat uning qulfi plombasining buzilmaganligi tekshiriladi xolos. Hujjat 
almashuvi ancha osonlashadi.
Yuklarni konteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Hisoblar 
koʻrsatadiki, furgonli avtomobillarga nisbatan yuklarni konteynerlarda 
tashish xarajatlari, tashish va ekspeditsion xarajatlar hisobiga koʻra 15
foizga arzonlashar ekan va transport vositasi unumdorligi 8 foizga 
oshar ekan.
Yuklarni 
konteynerlab 
tashishdagi 
asosiy 
kamchilik
konteynerlarning oʻz ogʻirliklari va ularning qaytarilishidir. 
9.3-rasm. Yuk konteynerlari 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin