110
Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan
iborat:
ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib
qolishini kamaytirish;
mehnat
sarfini
kamaytirish,
chunki
transport
vositasi
platformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan
tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi;
yuk tashishda ularning yaxshi saqlanishini ta‗minlash;
aralash transport turlarida tashishda konteynerlarda yuk tashish
qulayligi.
Chunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni oʻtkazishda,
faqat uning qulfi plombasining buzilmaganligi tekshiriladi xolos. Hujjat
almashuvi ancha osonlashadi.
Yuklarni konteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Hisoblar
koʻrsatadiki, furgonli avtomobillarga nisbatan yuklarni konteynerlarda
tashish xarajatlari, tashish va ekspeditsion xarajatlar hisobiga koʻra 15
foizga arzonlashar ekan va transport vositasi unumdorligi 8 foizga
oshar ekan.
Yuklarni
konteynerlab
tashishdagi
asosiy
kamchilik
konteynerlarning oʻz ogʻirliklari va ularning qaytarilishidir.
9.3-rasm. Yuk konteynerlari
Dostları ilə paylaş: