Transport logistikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Transport logistikasi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1.
Savdo inventarizatsiyasini boshqarish tizimi 
2.
Inventarizatsiya uchun asosiy qoidalar 
3.
Moddiy javobgar xodim tomonidan ―mavjudligi‖ boʻyicha 
inventarizatsiya qilish jarayonini modellashtirish 
4.
Moddiy javobgar xodim tomonidan ―boricha‖ inventarizatsiya 
jarayonining matematik modeli 
5.
Inventarizatsiya qilish uchun Petri toʻrining grafigi 
6.
Taqsimlash markazining manzilini tanlash 


102 


103 
9 - BOB. TRANSPORT LOGISTIKASIDA YUK TASHISH 
TIZIMLARI 
9.1. Yuk tushunchasi 
Yuk tashish ob‘ektlariga kon qazilmalari va mahsulotga qayta 
ishlov berish sanoatlari, qurilish va savdo tashkilotlari, boshqa har xil 
ishlab chiqarish hamda uy-joy roʻzgʻor buyumlari kiradi. Yuk 
deyilganda tashish uchun qabul qilingandan to uni egasiga 
topshirilgungacha mahsulotlar tushuniladi. Yuklar ayni buyum 
(mahsulot) va taralardan iborat boʻlishi mumkin. Tashilgan yuklarning 
oʻlchami faqatgina tonna oʻlchamida boʻladi. Boshqa oʻlchamlar-litr, 
dona, kub metr kabilar-tonna oʻlchamiga oʻtkazilishi shart. Koʻpchilik 
yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz tashish deyiladi.
Yuk (mahsulot)ning sof ogʻirligi netto, tara bilan birgalikdagi 
otsirligi brutto, taraning oʻz ogʻirligi - tara ogʻirligi tushunchalari bilan 
yuritiladi. 
Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda oʻlchanuvchi brutto 
ogʻirligi bilan hisoblab boriladi.
Koʻpchilik yuklar atrof muhit ta‗siriga moyildirlar. Ba‗zi yuklar
havoning namligi ta‗sirida korroziya (zanglash)ga moyildirlar; 
boshqalariga - tez buzuluvchi oziq-ovqat buyumlariga yuqori darajali 
harorat, sabzavot va hoʻl meva hamda boshqa ba‗zi bir yuklarga esa
sovuq havo ta‗sir etadi.
Turlariga koʻra: 
sanoat, qishloq xoʻjalik, qurilish, savdo va 
kommunal xoʻjalik yuklari
boʻlishi mumkin.
Ortish-tushirish ishlariga koʻra yuklar: 
donali, uyib tashiluvchi va 
quyuluvchi yuklarga
boʻlinadilar. Tarali yuklarni odatda donali yuklarga 
kiritiladi. Uyib tashiluvchi yuklarga sochiluvchan va ortishda uyilib 
tashilishi mumkin boʻlgan mayda-donali yuklar (qum, shagʻal, tosh 
koʻmir, oʻtin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga 
oʻxshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori 
bilan hisoblab boriladi.


104 
Tashish (birligi) ogʻirligiga koʻra yuklar 
meyoriy ogʻirlikdagi va 
ogʻir massali yuklarga
boʻlinadi. Tarali va donali yuklarning chegaraviy 
meyoriy ogʻirligi - 250 kg, dumalatib suruluvchi yuklar uchun – 400 kg. 
Koʻrsatilgan miqdordan ogʻir boʻlgan yuklar ogʻir massali yuklar 
qatoriga kiritiladi. Agar yuk ogʻirligi 4-5 tonnadan ortiq boʻlsa, uni 
tashish uchun maxsus transport vositasi talab qilinishi mumkin.
Oʻlchamlariga koʻra yuklar: 
gabaritdagi, ya‘ni avtomobilning
standart kuzovida tashilishi mumkin boʻlgan yuklar; nogabarit yuklarga
boʻlinadi. Nogabarit yuklarga balandligi 2,5m, eni 2,0 m va uzunligi 3,5 
m (uzun oʻlchovli yuklardan tashqari) dan ortiq oʻlchamli yuklar kiradi. 
Uzun oʻlchamli yuklarga uzunligi kuzov uzunligiga qoʻshimcha uning 
uchdan bir qismi va undan ham uzun yuklar kiradi.
Nogabarit yuklar faqatgina davlat avtomobil nazorati (DAN) 
ruxsatiga binoan va qizil chiroq (belgi) oʻrnatilgan holda tashilishlari 
mumkin. Xavflilik darajasiga koʻra yuklar MDH davlatlarida 7 guruhga 
boʻlinadi:

1 guruh - xavfligi kam (qum, shagʻal, tuproq, gʻisht va h.k.);

2 guruh - tez oʻt olinuvchi moddalar (benzin, atseton va h.k);

3 guruh - issiq va chang chiqaruvchi (sement, asfalt, ohak va h.k.);

4 guruh - kuydiruvchi (kislota va ishqorlar);

5 guruh - ballonda tashiluvchi siqilgan va suyultirilgan gazlar;

6 guruh - nogabarit (oʻlchamiga koʻra xavfli yuklar);

7 guruh - portlovchi, zaharlovchi va radiaktiv moddalar;
Xalqaro yuk tashish qoidalariga binoan Yevropa davlatlari 
xavfsizlilik darajasiga koʻra BMT ekspertlar qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra 
yuklarni tashish uchun ADR kelishuvi nomi bilan tashiluvchi buyum va 
mahsulotlarni tashish uchun xalqaro konvensiya qabul qilingan boʻlib, 
unda yuklar xavflilik darajasiga binoan quyidagi 
9 sinfga
boʻlinadi:
1-sinf - portlovchi modda va mahsulotlar;
2-sinf - gazlar: siqilgan, suyultirilgan;
3-sinf - suyuq yoʻnilgʻilar;
4.1.-sinf - yoʻnuvchi qattiq jismlar;
4.2.-sinf - oʻzi yoʻnib ketish xususiyatli moddalar;


105 
4.3.-sinf - suv tegishi natijasida gaz chiqaruvchi moddalar;
5.1.-sinf - oksidlovchi moddalar;
5.2.-sinf - organik peroksid (oʻta oksid) lar;
6.1.-sinf - zaharlovchi moddalar:
6.2.-sinf - yuqumli (infeksion) moddalar;
7-sinf - radiaktiv moddalar;
8-sinf - korroziyalanuvchi moddalar;
9-sinf - har xil xavfli modda va mahsulotlar (yuqoridagi 
sinflarga kiritilmagan).

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin