106
9.1-rasm.
Yuklarning xavflilik belgilari
Yuk koʻtara olish qobiliyatidan foydalanish darajasiga koʻra yuk
tavsiflari. Bu koʻrsatkich yukning (nisbiy ogʻirligi) hajmiy ogʻirligi va
tashishga tayyorlanganligi (joylashtirish, bogʻlash, presslash va h.k.)
bilan bogʻliq boʻlib, yuklar 4 sinfga boʻlinadi:
1-sinf - avtomobilning yuk koʻtarishdan
foydalanish
koeffitsiyenti darajasi -1
2-sinf - avtomobilning yuk koʻtarishdan foydalanish
koeffitsiyenti darajasi -99-0,77 (0,8)
3-sinf - avtomobilning yuk koʻtarishdan foydalanish
koeffitsiyenti darajasi -0,70-0,51 (0,6)
4-sinf
avtomobilning
yuk
koʻtarishdan
foydalanish
koeffitsiyenti darajasi -0,5 va undan kam boʻlgan yuklar kiradi.
Yuklarni sinflarga boʻlib tasniflash 1
tonna yuk tashish tarifi
(haqi)ni belgilash uchun kerak.
Yuklarni har xil sinflarga kiritish uchun maxsus tavsifnoma bor.
Ba‗zi bir yuklar tashishga tayyorligiga koʻra har xil sinfli boʻlishlari
mumkin. Masalan, presslangan hashak (somon) 2-sinf, presslanmagan
esa 4-sinf va h.k. Yuklarni tashishda xavfsizlik
texnikasi va mehnat
muhofazasi talablariga koʻra ham tasniflanadilar.
Tashish
sharoitiga
koʻra yuklar quyidagicha boʻlishi mumkin:
- oddiy, ya‗ni hech qanday maxsus moslama talab etmaydigan;
107
- tez buzuluvchi (oziq-ovqat mahsulotlari).
Ularni tashish uchun
maxsus sanitariya va harorat shartlari zarur;
- keskin va koʻngilsiz xidli;
- tirik (mol va qushlar). Bunday mollarni tashish uchun transport
vositalari tashiluvchi moddalarni yoʻllarda oziqlantirish va ular axlatini
tozalash va h.k.larga moslangan boʻlishi zarur.
Yuklar
saqlanish sharoitlariga
koʻra 4 guruhga boʻlinadi:
yogʻingarchilik va harorat oʻzgarib turishidan buzilmaydigan
(qum, shagʻal,
maydalangan tosh, toshkoʻmir va h.k.). Bunday
yuklarni usti ochiq maydonchalarda saqlash mumkin;
yogʻingarchilikdan buzilishi mumkin (metall,
metall buyumlari,
gʻisht va h.k). Ularni usti berk ayvonchalarda saqlash zarur;
yogʻingarchilik va haroratning oʻzgarishi natijasida buziluvchi
yuklar. Bunday yuklarni berkitilgan xonalarda va issiq (sovuq) ni
izolyatsiyalanuvchi va zarur haroratni saqlovchi (tez buziluvchi
mahsulotlar-muzlatkichlarda,
muzlashi mumkin boʻlmagan
suyuqliklarni esa - isitiluvchi omborlarda va h.k.);
maxsus rezervuar (idish) larda saqlanuvchi (suyuq yoʻnilgʻi,
moylar va shu kabilar) kiradi.
Joylab saramjonlash (qoliplash) xarakteriga koʻra
yuklar
taralangan va tarasizlarga boʻlinadi.
Yuklarni
tasniflashdan
maqsad
transport
vositasi,
tashish
usullaridan
yaxshiroq
foydalanish,
ortish-tushirish
ishlarida
mexanizatsiyadan foydalanish kabilardir.
Dostları ilə paylaş: