10.4. Shahar yoʻlovchi transportida logistik texnologiyalar va logistik tizimlar strukturasi Boshqarish sistemasi transport jarayoʻnini bajarish jarayoʻnida
toʻliq va toʻgʻri informatsiyalarni egallashi kerak.
Boshqarishni logistik texnologiyasi logistik modelni mavjudligini
hisobga oladi. Boshqarishni logistik texnologiyasi kompyuter texnikasiz
amalga oshirilmaydi, qaysiki uning asosiy elementi material baza
hiosblanadi.
Transport ehtiyojlarini logistik modeli shahar aholisi uchun
marshrut tarmogʻini qurish va transport vositalarini ish rejimini
aniqlashni asosi hisoblanadi.
Boshqarish moduli turli matematik modellardan foydalanib quriladi
va dasturlarni paketini ifodalaydi. Logistik model tanlangan sistemalar
yordamida baholash imkoniyatini beradi. Shahar yulovchi transportini
boshqarishda liniyada koʻchma tarkib ishini operativ informatsiyasidan
foydalaniladi. Boshqarishni logistik logistik sistemalarini yaratish
yulovchilarni tashishda zamonaviy kompyuter texnikasi va zamonaviy
dastur vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Logistik model shaharda yulovchilarni tashishni boshqarishni
logistik sistemalarining zarur elementi hisoblanadi va quyidagi
elementlarni tashkil etadi:
shahar aholisini transportga boʻlgan ehtiyojlari;
mavjud marshtrut tarmogʻida transportni ishlash koʻrsatkichlari
va yulovchilarni tashish xarakteristikasi;
shahar aholisiga transportli xizmat koʻrsatishni variantlari
tahlili uchun matematik model;
turli variantlar boʻyicha matematik modellashtirishni natijalari
va transportli xizmat koʻrsatishni bashoratlash sistemalari.
Yoʻlovchilarni tashishda logistik sistemalarni zanjirlar orasidagi logistik
oqimlarini ajratish logistik logistik sistemani koʻrsatishga ruxsat beradi.