119
Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan
avtomobillarga
texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori,
yoʻlovchilarni oʻtirish va ular yuklarini joylashtirish qulay boʻlishi
talablari qoʻyiladi.
Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini oʻlchab
boruvchi
asbob-taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari boʻlishi lozim. Bunda
koʻk chiroqli signal taksi boʻshligini, qizil chiroqli signal uning aksi,
ya‗ni bandligini koʻrsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini
hisoblovchilari boʻlib, avtomobil harakatiga
uzatmalar qutisi orqali
ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat
tezligi 15 km/soatdan kichik boʻlsa, asbob ichiga oʻrnatilgan soat
mexanizm bilan avtomobildan foydalanish haqi hisoblanib boriladi.
Taksometrlar Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri
(harakat tezligi koʻrsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart.
Dostları ilə paylaş: