Transport logistikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Transport logistikasi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Transportda yuk tushunchasi nima?
2. Netto ogʻirligi deganda nimani tushunasiz?
3. Brutto ogʻirligi deganda nimani tushunchasiz?
4. Yuklar qanday xususiyatlariga koʻra turkumlanadi?
5. Yuk tashish hajmi qanday oʻlchamda boʻladi?
6. Taraning asosiy vazifasi nimadan iborat?


116 
 
10-BOB. YOʻLOVCHILAR TASHISHNING AXBOROT-
LOGISTIK TEXNOLOGIYALARI 
10.1. Yoʻlovchilarni tashish texnologiyasida logistik yondashuv 
Transport turlaridan qat‗iy nazar yoʻlovchilar tashishni tashkil 
etishda ularga bir xil talablar qoʻyilgan boʻlib, unda yoʻlovchilarni qisqa 
vaqt ichida manzillariga yetkazib qoʻyish, transport vositalarining butun
marshrut davomida aniq harakati, transport vositalaridan yaxshi
foydalanish, toʻla xavfsizlik bilan tashishni tashkil etish
yoʻlovchilarga yuqori madaniyat bilan xizmat etish, iloji boricha 
harajatlarni tejamli sarflash talablari qoʻyiladi.
Yoʻlovchilarni koʻplab tashuvchi transportning boshqa turlariga
nisbatan yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir qancha 
afzalliklari bor. Bunday afzalliklarga eng avvalo, yoʻlovchilar
tashuvchi avtomobil transportining yuqori darajali manevrliligi, ya‗ni 
yoʻlovchilarni ish va yashash joylariga yetkazib borish xususiyati, 
takomillashtirilgan va qattiq qoplamali yoʻllarda yer usti yoʻlovchilar 
tashuvchi boshqa transportlarga nisbatan yuqori harakat tezligiyu, zarur 
boʻlganda shahar ichi marshrutlarning bir qismini dam olish (shanba 
va yakshanba) kunlari shahar atrofida xordiq chiqarish joylariga 
boruvchi, shahardan tashqarilarini esa uning aksi, kerak boʻlganda
shahar ichi va atrofi marshrutlaridagi bir qism avtobuslarni ekspress 
harakatiga oʻtkaza olinishini kiritish mumkin.
Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishning yana bir asosiy afzalligi bu 
zarur boʻlganda yangi marshrutlarni tez ishga tushura olinishidir.
Me‘yordagi yoʻl sharoitlari bor joylarda yangi avtobus marshrutlariga 
qoʻshimcha ishlar qilinmasdan, masalan, yakka inshootlar, elektr 
podsantsiyasi (yordamchi elektr bekati), kontakt shahobchalari 
kabilarsiz ishga tushirish mumkin. Bunday qurilmalar tramvay va 
trolleybus marshrutlari uchungina zarurdir. Yangi ochilgan avtobus 


117 
marshrutlariga qilingan katta xarajatlarni nisbatan qisqa davr ichida 
qoplanishi mumkin.
Yoʻlovchilar zichligi quvvatiga katta boʻlgan marshrutlarga 
ertalabki va kechki «tashish choʻqqisi» soatlarida 15 dan koʻp avtobuslar 
chiqarilishi lozim. Harakat chastotasi harakat intervaliga bogʻliq boʻlib, 
u ma‗lum joy (bekatdan) qancha vaqt ichida navbatdagi avtobus oʻtish 
vaqti minutda oʻlchanadi.
Harakat intervallari shahar marshrutlarida odatda 4-6 min va 
kamdan-kam paytda 12-15 min boʻladi.
Avtobuslar harkatini muntazam tashkil etish uchun ular harakat 
jadvallari va chizmalari boʻlishi zarur. Harakat chizmasi har bir 
marshrutdagi avtobus uchun alohida tuziladi. Bunday chizmalarni 
tuzilishlikda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish rejimlari asos 
qilib olinadi. Harakat chizmalarini belgilashda sutka ichi soatlaridagi, 
hafta kunlaridagi va yil fasllaridagi yoʻlovchilar oqimining oʻzgarishini 
hisobga olishlik zarur.
Bir guruh marshrutlar uchun harakat chizmalarini tuzishda, 
marshrutlarning har birining alohida xarakteri hisobga olinadi. Bunda 
turli marshrutlardagi yoʻlovchilar zichligi oʻzgarishi hisobga olinib bir 
marshrutdan boshqasiga ayrim miqdordagi avtobuslarni oʻtkazishlik 
imkoniyatlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday oʻtkazishlarda, 
avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi yoʻlovchilar tashish ishi 
jiddiy susaymaydigan boʻlishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari, 
iqtisodiyotni nazarda tutib, oʻtkaziluvchi avtobuslar qatnovini oshirib 
yubormaslikka ham e‗tibor berilishi lozim.
Harakat chizmalari asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan
jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat koʻrsatish bilan birga 
avtobusdan oqilona foydalanishlikni hisobga olgan boʻlishi zarur. 
Jadvalda oxirgi punktlaridan joʻnash va ularga kelish hamda 
yoʻlovchilar oboroti koʻp boʻlgan uzellardan oʻtish vaqtlari koʻrsatilgan 
boʻladi. Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlari ichi ekspluatatsion 
harkat tezliklarini hisob qilishni belgilanishi maqsadga muvofiq va bu 
narsa yoʻllarning yuklanganligiga, avtobuslarni toʻlganligi va boshqa 
sharoitlar bilan bogʻliqdir. 


118 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin