Transport logistikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92
Transport logistikasi

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1. Transport vositasi unumdorligi deganda nimani tushunasiz?
2. Transport vositasining kunlik ish unumdorligi qanday aniqlanadi?
3. Transport vositasining soatli ish unumdorligi qanday aniqlanadi?
4. Yuk koʻtaruvchanlik bilan ish unumi orasida qanday bogʻlanish 
mavjud?
5. Transport vositasining ish unumdorligiga ta‗sir etuvchi
parametrlarning ta‗sir doirasi qanday aniqlanadi?
6. Transport vositalarining ish unumiga texnik-ekspluatatsion 
omillar ta‗siri qanday? 


137 
12-BOB. TRANSPORT LOGISTIKASIDA 
MARSHRUTLASHTIRISH MASALALARI 
 
12.1. Logistikada marshrutlashtirishni oʻrni 
Zamonaviy iqtisodiy matematik usullar va modellarni, hamda 
hisoblash metodlari texnikasini keng qoʻllamay turib, logistik tizimni
ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin emas. Bunday tasdiq
shunga asoslanadiki, logistik tizim tashkil boʻlishi, faoliyat yuritishi 
axborat va moddiy oqimlarni boshqarishda talab qilinadigan gʻoyat 
katta miqdordagi hisob-kitob operatsiyalari, hamda koʻp variantli hisob-
kitoblar bilan bogʻliq.
Logistik tizimning asosiy maqsadi mahsulot harakati bilan bogʻliq
xarajatlarni kamaytirish boʻlganligi sababli logistik tizim elementlari,
xususan ta‗minotchilar, iste‗molchilar va transport tashkilotlari
oʻrtasidagi eng ma‗qul xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish boʻladi.
Har qanday logistik tizimlarni boshqarishning samaradorligini 
miqdoriy baholash uchun tizimdagi jarayonlaniing matematik modeli 
ishlab chiqish kerak. Bugungi kunda logistik jarayonlarniing (shu 
jumladan tashish jarayonlarining) matematik modellarini shartli ravishda 
ikki turga analitik va statistik modellarga ajratish mumkin. Bunda 
matematik modellar asosida marshrutlashtirishga toʻxtalamiz.
Ayni paytda mazkur masalaga oid qator xususiyatlar, masalan yuk 
oluvchi (yoki joʻnatuvchi) tutashma manzilni tashish hajmiga boʻlgan 
ehtiyojining texnologik xarakteri, mazkur ehtiyojni qondirilishi
marshrutlar yoʻnalishlarida unga joʻnatuvchilardan olib kirilayotgan
(yoki undan olib chiqilayotgan) yuk oqimlariga bogʻliqligi va bu
oqimlar esa avtokorxona avtotransport vositalari(AV)ni 
yoʻnalishlarga samarali taqsimlash asosida logistik boshqarilishi 
mumkinligi, yoʻnalishlarga taqsimlanayotgan avtomobillar soni ularning 
yuk joʻnatish (yoki qabul qilish) imkoniyatlaridan toʻla foydalanish va 
tashish harajatlarini minimallashtirish mezonlariga muvofiq 


138 
aniqlanishi lozimligi va shu kabi muhim holatlar hisobga olinmagan. 
Marshrutlashtirish topografiya metodida, seyfdan yoki dispetcher 
tablosidan foydalanish kabi texnik usullar yordamida amalga oshirilish 
mumkin. 
Topografiya usulida yuk tashiladigan rayonning sxemasi boʻlib,
unda hamma yuk joʻnatuvchi manzillar, avtokorxona va ularni
bogʻlovchi yoʻl tarmog‘i beriladi. Bu sxemaga qoʻshimcha tarzda 
manzillararo masofalar jadvali ham kiritiladi. Berilgan buyurtmalar 
asosida yuk tashish kunlik rejasi tuziladi va bu reja boʻyicha bajarilishi 
lozim boʻlgan yuk oqimlari kalka qogʻoziga chizib olinadi. Buning 
uchun yuk tashish sxemasi ustiga kalka qogʻozini qoʻyib, real 
manzillararo bajarilishi lozim boʻlgan yuk oqimlari strelkalar tarzida 
chizib olinadi (12.1-rasmga qarang). 
12.1-rasm. Yuk tahish topogrammasi (______, ----- - yukli va yuksiz 
yoʻl, ○-garaj, yuk qabul qilish punktlari) 
Tashiladigan yuk miqdori strelkalar ustida koʻrsatiladi. Keyin esa 
yukoqimlari marshrutlarga taqsimlanadi. Bunda tashiladigan yukning 
xili va qoʻllaniladigan harakatlanuvchi transport turlari hisobga olinadi. 
Roʻyxatda koʻrsatilgan yuk tashishni grafik koʻrinishdagi reja 
topogramma
deyiladi va u marshrut tuzishni ancha osonlashtiradi (12.1-
rasm). Aylanma marshrutlar tuzganda, bu marshrutlarda harakatlanuvchi 
tarkibni mumkin qadar yuqori ish unumdorligiga erishishini ta‗minlash 
kerak boʻladi. Agar tuzilgan aylanma marshrutlarda yoʻldan foydalanish 
koeffitsiyenti 0,5 dan kichik boʻladigan boʻlsa, unda yuk tashishni 
mayatnik marshrutlarda tashkil etish lozim.
Marshrutlashtirishni 
boshqa 
texnik 
usulida 
oʻzaro 
teng 
yacheykalarga boʻlingan shkaf (seyf) boʻladi. Bu seyfga yuk 


139 
tashiladigan rayon kartasi yoki sxemasi joylashtiriladi. Sxema yoki karta 
ham teng kvadratlarga boʻlingan boʻladi. Kvadratlarni razmeri yuk 
tashiladigan rayonda punktlarning zichligiga bogʻliq boʻlib, ular bir 
tomondan harflar bilan ikkinchi tomondan esa raqamlar bilan (1, 2, 3, ...) 
nomerlanadi.
Har bir kvadratda tirqish boʻlib, u maxsus kartochkalarni qistirib 
quyishiga moʻljallangan. Har bir tashiladigan yuk uchun maxsus 
kartochka toʻldiriladi. Bu kartochkada yuk ortish, tushirish manzillari va 
miqdori yukning nomi koʻrsatiladi. Keyin kartochkalar mos tirqishlariga 
qistirib chiqiladi (12.2 -rasm). 
Marshrutlar tuzish quyidagicha bajariladi. Biror yacheykadan 
kartochka olinadi va yukni qayerga olib borish kerakligi aniqlanadi. Shu 
yuk olib boriladigan yacheykadagi kartochkadan qaysi yoʻnalishlarda 
tashiladigan yuk borligi aniqlanadi. Agar shu yacheykadan tashiladigan 
yuklar boʻlmasa, uni atrofidagi qoʻshni yacheykalardagi kartochkalar 
tekshiriladi. Birinchi marshrut tuzilgadan keyin ikkinchi va hokazo 
marshrutlar belgilanadi. Har safar tuzilgan marshrutlarda tashiladigan 
yuk miqdori kartochkalardan kamaytiriladi, agar biror kartochkadagi 
yuk butunlay tashiladigan boʻlsa, bu kartochka seyfdan olib quyiladi. Bu 
jarayonni avtomatlashtirish ham mumkin. 
12.2-rasm. Marshrutlashtirish seyfi 
Maxsus avtomobillar talab qiladigan yuklar uchun boshqa seyflarda 
foydalaniladi. Seyf usulining boshqacha koʻrinishi-dispetcher tablosidan 


140 
foydalanib marshrutlashtirishdir. Tablo ikkita gorizontal va vertikal 
qismlardan iborat boʻlib, vertikal qismga yuk tashiladigan rayon kartasi 
yopishtiriladi. Bu qismlar har birining yuzi 1 kv.km teng kvadratlarga 
boʻlinadi. Kvadratlar harf va raqamlar vositasida belgilanadi. Kartada 
hamma yuk joʻnatadigan va qabul qiladigan manzillar koʻrsatiladi. Har 
bir yacheykada ikkita teshik boʻlib, unga mixchalar tiqish mumkin.
Mixchalar ikki xil rangda boʻyaladi va yuk punktlarini oʻrnini
koʻrsatadi: qizil mih joʻnatuvchi, koʻk esa yuk qabul qiluvchipunktlarni 
koʻrsatadi. Tablo komplektida yana har xil uzunlikdagi rezina iplar 
boʻladi (12.3-rasm). Tabloning gorizontal qismida ham huddi vertikal 
qismidagidek kvadrat yacheykalarga mavjud boʻlib, ularga yuk tashish 
buyurtmalari solinadi. 
12.3-rasm. Dispetcher tablosi 
Dispetcher gorizontal yacheykalardan biridagi buyurtmani olib, 
yukning qayerga olib borilishini aniqlayda va bu yuk tashish sxemasini 
mihchalarga rezina shnur tortib belgilab qoʻyadi. Keyin shu yuk borgan 
mikrorayondan yoki uni atrofidan teskari yoʻnalishda tashilishi lozim 
boʻlgan yuk axtariladi. Shu tarzda hamma buyurtmalar tekshirilib 
chiqiladi va ratsional marshrutlar tanlab olinadi. 
Shu ta‗kidlash lozimki, yuqorida koʻrib chiqilgan usullar yuk
joʻnatuvchi va oluvchi punktlar unchalik koʻp boʻlmaganda samarali 
natijalar beradi. Bunda tuzilgan marshrutlar sifati dispetcherning 
tajribasiga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Manzillar soni ancha koʻp boʻlganda 
bu usullar bilan samarali marshrutlar tuzish qiyinlashadi. Chunki bunda 
tuzish mumkin boʻlgan marshrutlar varianti nihoyatda koʻp boʻlib, 
ular orasida optimal marshrutlar sistemasini topish mushkuldir. Bunday 


141 
hollarda marshrutlashtirish matematik metodlar va zamonaviy 
kompyuterlar vositasida amalga oshiriladi. 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin