Transport logistikasi


-BOB. TRANSPORT LOGISTIKASIDAN PRAKTIKUM



Yüklə 32,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/92
tarix24.12.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#193208
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Transport logistikasi

13-BOB.
TRANSPORT LOGISTIKASIDAN PRAKTIKUM 
Logistikaning va jumladan transport logistikasining nazariy 
asoslarini oʻzlashtirish uni aniq konkret amaliy masalalarni yechishga 
qoʻllashni taqozo etadi. Ularni yechish imkoniyati zamonaviy 
matematika apparatini, kompyuter dasturlarini, logistikaning keng 
doiradagi masalalarini (material resurslarni tashish va sotib olish, 
ularning zahiralarini boshqarish, omborda saqlash va transportirovka 
bilan bogʻliq oqimli jarayonlarni analiz qilish va optimallashtirish 
amaliyoti kabi masalalarini) tahlil qilish va optimallashtirishda 
foydalaniladigan maxsus usul va modellarni keng qoʻllashga asoslanadi. 
Masalan, amaliy transport logistikasida keng qoʻllaniluvchi chiziqli 
dasturlash, tarmoq modellarini qurish metodlari keng tarqaldi. 
Jarayonlarni tadqiq qilishga doir darslik va qoʻllanmalarda logistika 
profilidagi transport masalalarini ―shimoliy-gʻarbiy‖, tarmoq va 
chegaralar va boshqa usullar bilan yechish namunalari keltirilgan.
Transport logistikasida koʻpincha marketing va menejmentning 
klassik modeli va vositalari qoʻllaniladi. Bobda transport logistikasi 
kursi dasturiga mos keluvchi nisbatan soddaroq, va matematika va 
kompyuter dasturlarini qoʻllashni talab qiluvchi nisbatan murakkabroq 
logistik masalalar va ularni yechishga doir koʻrsatmalar keltirilgan.
 
 


145 
13.1.
 
Masalalar
 
yechishga misollar 
 
Misol № 1.
- Taqsimot masalalari
Masalaning qoʻyilishi
. Ishlab chiqaruvchidan korxona yer osti 
omborigacha 64,8 t hajmdagi mineral oʻgʻitlarni ikki xil variantda 
yetkazib berish xarajatlarini taqqoslang. Yetkazib berish sxemasi (13.1-
rasm) 
keltirilgan.
13.1-rasm. Mineral oʻgʻitlarni yetkazish sxemasi 
Birinchi variantda mineral oʻgʻitlar koʻtara (toʻkma) tashilsa, 
ikkinchi variantda esa — polietilen xaltalarda, yuk xaltalari shaklida 
tekis barkashlarda tashiladi. 
Oʻgʻit ishlab chiqaruvchi zavod relsli omborlarida yuk koʻtarish 
quvvati 68 t boʻlgan yopiq vagonlarga oʻgʻitni konveyer va yukchilar 
vositasida koʻtarma yuklash xarajatlari — 400 sh.b.; yopiq vagonda 
mineral oʻgʻitlarni 1000 km masofaga tashish boʻyicha temir yoʻl tarifi 
— 2000 sh.b.; korxonaning temir yoʻlli omborida oʻgʻitli yopiq vagonni 
konveyer va yuk tushuruvchilar yordamida boʻshatish xarajatlari — 400 
sh.b.; oʻgʻitlarni korxonaning ochiq temir yoʻl omborxonalarida 
vaqtinchalik saqlash bilan bogʻliq xarajatlar—160 sh.b.; keltirilgan 
oʻgʻitlarni avtomobil-samosvallarga yuklash xarajatlari — 300 sh.b.; 
oʻgʻitlarni avtosamosval bilan yerosti omborxonalarga tashish va 
yuklash xarajatlari — 450 sh.b.; keltirilgan oʻgʻitlarni toʻkilish, shamol 
uchirishi, yomgʻir yuvishi tufayli zarari va yoʻqotilishi — 750 sh.b. 
Yechish
. Oʻgʻitlarni birinchi variant boʻyicha tashishda umumiy 
xarajatlar va yoʻqotishlar miqdori quyidagicha boʻladi: 
400 + 2000 + 400 + 160 + 300 + 450 + 750 = 
4460
(sh.b.) 
Tashishning ikkinchi variantida 64,8 t oʻgʻitni har biri 50 kg boʻlgan 
polietilen xaltalarda tashish amalga oshiriladi. Bunday hajmdagi oʻgʻitni 
qoplash uchun har biri 0,6 sh.b. dan boʻlgan 1296 ta xalta kerak boʻladi, 

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin