Mineral
o'g'itlar
zavodi ombori
t/y, 1000
km
Korxonaning
relsli ombori
avto, 100 km
Korxonaning
yer osti ombori
146
bu esa zavodga 777,6 sh.b. ga tushadi. Bitta xaltaning sof massasi
(netto) 1,3 kg, jami esa — 1,3 × 1296 = 1685 kg. Oʻgʻitlar bilan
toʻldirilgan xaltalardan yuk paketlarini shakllantirish uchun har birining
narxi 10 sh.b. boʻlgan 72 ta barkash (patnis) zarur boʻladi va ularni xarid
qilish xarajatlari 720 sh.b.ni tashkil etadi. Bitta poddonning massasi
(netto) 15 kg boʻlsa, 72 poddonniki 1080 kg boʻladi. Shunday qilib,
massasi 64,8 t boʻlgan oʻgʻit bilan yopiq vagonda 1685 kg xalta va 1080
kg barkash tashiladi, ya‘ni jami 2,765 t qoʻshimcha yuk tashiladi. Yuk
koʻtarish quvvati 68 t (xaltalar va barkashlar bilan birga) vagonda
yukning umumiy vazni (brutto) 64,8 + 2,765 = 67,565 t ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, tayyor mahsulotlar sexining oʻgʻitlarni polietilen
xaltalarga qadoqlash bilan bogʻliq xarajatlarni ham hisobga olish kerak.
Bitta xaltaga nisbatan bu sarf 0,05 sh.b. ni tashkil qilgan boʻlsa, vagonda
joʻnatilgan 1296 xalta uchun bu xarajat 64,8 sh.b. ni tashkil qiladi.
Tekis taglikda tashkillshtirilgan yuk paketi 18 ta oʻgʻit bilan
toʻldirilgan polietilen xaltalardan iborat. Bitta shunday paket uchun 0,4
sh.b., 72 paket uchun esa — 28,8 sh.b. xarajat qilinadi. Taglikdagi yuk
paketining brutto massasi (50 × 18) + (1,3 × 18) = 938,4 kg.
Taglikdagi 72 ta yuk paketini yopiq vagonga elektrpogruzchiklar
bilan ortish xarajatlari zavodga 0,5 × 72 = 36 sh.b ga tushadi.
Oʻgʻitni temir yoʻlda tashish tarifi birinchi variantdagidek 2000
sh.b. ni tashkil qiladi.
Korxonaning relsli omborxonasida 72 ta yuk paketlarini
elektrpogruzchik yordamida tushirish xarajatlari 40 sh.b.; qadoqlangan
mineral oʻgʻitlarni saqlash sarfi xuddi birinchi variantdagidek 160 sh.b
boʻlsin. 72 ta yuk paketlarini vilkali elektrpogruzchik yordamida
harakatdagi avtomobil kolonnasiga ortish xarajatlari 40 sh.b., yukni shu
kolonnada yer osti omborxonasiga yetkazish xarajati esa 500 sh.b
boʻlsin. Yukni tushurish xarajati korxonaga 40 sh.b. ga tushsa, ehtimoliy
yoʻqotishlar uncha katta emas — 10 sh.b. atrofida boʻladi.
Shu bilan birga mineral oʻgʻitlarni qadoqlangan holda yetkazishda
temiryoʻl va avtomobil tarkibining yuk operatsiyalari tufayli
toʻxtalishlari sezilarli qisqaradi: bu qisqarishlar taxminiy hisob-
kitoblarga koʻra 250 sh.b ni tashkil qiladi.
147
Yakunda mineral oʻgʻitlarni ikkinchi variantda tashishi xarajatlari
va yoʻqotishlari miqdori quyidagicha boʻladi:
777,6 + 720 + 64,8 + 28,8 + 36 + 2000 + 40 + + 160 + 40 + 500
+40 + 10 - 250 = 4167,2 (sh.b.).
Shunday qilib, mineral oʻgʻitlarni qadoqlangan tashishni joriy etish
umumiy tashish xarajatlarini 4460 - 4167,2 = 292,8 (sh.b.) ga kamaytirar
ekan.
Dostları ilə paylaş: |