“Zamonaviy
maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim
o‘rin tutadi”
deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha
ta’lim
vazirligi
faoliyatini
tashkil
etish
to‘g‘risida”gi
qarori
hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-
son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi
maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat
va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola
qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi
beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya jarayoni
ilk va maktabgacha
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-24, Issue-1, December - 2022
113
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam”
davlat
dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan:
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli
ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab
olindi.
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda
umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor
qaratildi.
Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-
onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan
qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv
dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar.
Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot
bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish
yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va
origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos
bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish
mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida
bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar
tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud
bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor
tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash
ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin
jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”,
“Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan
jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash,
kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
|