Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   466
TATU Falsafa

260
 
imkoniyatlarini cheklash idealizmning hamma ko’rinishlariga xosdir. 
XIX asr sub’ektiv idealizmining vakillari bo’lgan maxchilar ham boshqa 
sub’ektiv idealistlar singari dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, bizning 
sezgilarimiz aniq, to’la in’ikos hosil qilishiga ishonmaydilar. 
Insoniyatning ijtimoiy amaliyoti va ilmiy bilish taraqqiyotining ilgarilab 
borishi bilimni chegaralab qo’yuvchi agnostitsizmni puchga chiqarmoqda. Inson 
o’z aqli bilan olam sirlarini bilishi mumkin ekanligini ayniqsa hozirgi zamon fani 
yutuqlari isbotlamoqda. Masalan, hozirgi zamon tabiat fanlari, ayniqsa fizika fani 
atom tabiatining tuzilishini va xususiyatlarini o’rganish sohasida katta yutuqlarni 
qo’lga kiritdi. Atomli parchalash, atom ichki energiyasidan foydalanish, atom 
yadro zarrachalarining bir-biriga bog’liqligi, umuman mikroolamni bilish, 
astronomiya, biologiyadagi kashfiyotlar ilmiy falsafaning bilish nazariyasini 
to’g’riligini tasdiqlaydi. 
Insonning bilish qobiliyati cheklanmagan, lekin har bir aniq tarixiy davrda 
o’zi
 
xohlagan barcha narsa va hodisalarni emas, balki bilish imkoni borlarinigina 
bilib, bilmaganini keyinroq biladi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, inson 
bilimining ham cheksizligini ko’rsatadi. 
Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida 
aks etishini e’tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari 
tabiat va jamiyatda inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradigan ob’ektiv 
jarayonlarning in’ikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan 
quyidagilarga asoslangan: 
- ob’ektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog’liq bo’lmagan holda 
mavjud. Ob’ektiv olam inson sezgi va tasavvurlarining manbai hisoblanadi; 
- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilishi mumkin. Inson 
sezgi tasavvur va tushunchalarida o’ziga bog’liq bo’lmagan tashqi olamni aks 
ettiradi. 
Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va hodisalar sezgilarga ta’sir 
etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda ob’ektiv 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin