369 millatning birlashishi va jipslashishiga tayanch bo’lib xizmat qildi, millatning
ravnaq topishiga, milliy tuyg’uning uyg’onishiga yordam berdi, uning madaniyati
yuksalishida mislsiz ahamiyat kasb etdi. Bu davrda turk xalqlari tarixiga doir
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai
sa’dayn va majmai bahrayn”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro”,
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”
kabi mashhur asarlari yozildi, Mirzo Ulug’bekning astronomiya maktabi ish olib
bordi va “Ziji jadidi Ko’ragoniy” kabi asarlari dunyoga keldi.
Amir Temur va temuriylar davrida poytaxt shahar Samarqandning shon-
shuhrati dunyoga yoyildi, kurrai zaminning sayqali deb baholandi. «Aflotunlar
chog’inda Afina, Rumo saltanatida, Abbosiylar davrida Bag’dod qancha taraqqiy
qilgan bo’lsa, — deb yozgan Fitrat, — Temur va Ulug’beklar zamonida
Samarqand shuncha taraqqiy qilgan edi». Amir Temurning boshqa mamlakatlarga
qilgan yurishlari haqida og’iz ko’pirtirib gapiradilar-u, lekin uning To’xtamish
hukmronligiga — Oltin O’rta davlatiga qaqshatqich zarba berish bilan Rossiyaning
mo’g’ullar asoratidan ozod bo’lishini tezlashtirganini yoki 1402 yili Turkiya
sultoni Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim orolidagi xalqlarni
Usmonli turklar istibdodidan qutqarib qolganini hisobga olmadilar.
O’zbek adiblarining tarixiy mavzudagi asarlariga dushmanlik ko’zi bilan
qaraldi. Fitratning «Hind ixtilofchilari», «Abulfayzxon», «Temur sag’anasi», «Abo
Muslim», Cho’lponning «kecha va kunduz», Abdulla Qodiriyning «O’tgan
kunlar», «Mehrobdan chayon», Oybekning «Navoiy», Maqsud Shayxzodaning
«Jaloliddin Manguberdi», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar
dovoni» kabi asarlariga «millatchining» tamg’asi yopishtirildi. Suyukli
shoirlarimiz Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov o’zbeklar va O’zbekiston haqida
she’r yozganliklari uchun boshlariga ne-ne tashvishlar tushganligi hali yodimizdan
ko’tarilgan emas. Akademik Ibrohim Mo’minov «Amir Temurning O’rta Osiyo
tarixida tutgan o’rni» risolasi uchun badnom etildi.
Natijada nafaqat Amir Temur tarixi, balki O’rta Osiyoning XV—XVI