Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə330/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   466
TATU Falsafa

370
 
asrlardagi tarixi deyarli o’rganilmay qoldi. 
Shaxsga sig’inish davrining qonuniy davomi bo’lgan turg’unlik yillarida 
buyuk davlat arbobi, dovyurak sarkarda, benazr olim va san’atkor, dunyoda taniqli 
adib va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsiga qarshi hujumlar qilindi. 
Bobur faoliyatining milliy va umuminsoniy ahamiyati kamsitilib va tahqirlanib, u 
«zolim» va «bosqinchi» sifatida baholandi. 
Buyuk mutafakkir vatandoshimiz Bobur aslida bizlar uchun o’zining nodir 
«Boburnoma» asari bilan qadrlidir. U har doim va hamisha Vatan ishqi bilan 
yashadi. Hindistonda bo’lgan paytlarida 700dan ortiq mustaqil jamoani yagona 
davlatga birlashtirdi, yurtni obod qildi, maorif va madaniyatni rivojlantirdi. Bobur 
asos solgan buyuk boburiylar sulolasi hind xalqi tarixi rivojiga benihoya katta 
ulush qo’shdi. Shuning uchun ham ular Boburni Hindistonning asl farzandi sifatida 
ulug’lashadi. Hindistonning davlat arbobi va faylasufi Javarharla’l Neru 
«Hindistonning kashf etilishi» va «Dunyo tarixiga bir nazar» kitoblarida Bobur 
shaxsiyati va boburiylarga yuksak baho berib, Bobur dilbar shaxs, Uyg’onish 
davrining ajoyib sultoni, kuchli tadbirkor kishi bo’lib, san’atni, go’zallikni sevardi, 
degan edi. 
Mustaqillik bizga ma’naviy mulkimizni, tariximizni, ulug’ bobolarimiz 
ruhini shod etish imkoniyatini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli o’tmish tariximizga 
munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Alloma bobolarimiz meroslarini o’rganib 
idrok etmoqdamiz. 
Bugungi 
kunda 
avlod-ajdodlarimiz 
tarixi 
tiklanayotganligi 
mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. O’zbek xalqining bir necha ming yillik 
tarixiga oid darsliklar yaratilmoqda. Xalqimizning kechmish tarixi va hayotini 
o’zida mukammal aks ettiribgina qolmay, ushbu asarlarning o’z ona tilimizda ilk 
bor nashr etilayotganligi quvonchimizga quvonch qo’shmoqda. Sharafiddin Ali 
Yazdiyning «Zafarnoma», Gulbadanbegimning «Humoyunnoma» kitoblarini zo’r 
intizorlik bilan kutib oldik. Abu Toxir xoja Samarqandiyning qalamiga mansub 
bo’lgan «Samariya», Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Muhammad Yusuf 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin