Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə342/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   466
TATU Falsafa

382
 
Ular hamisha bir-birlariga og’a-ini, quda-qudag’ay bo’lganlar, hozir ham 
bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, 
ma’naviy, savdo-sotiq munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. 
Qadimdan bir ma’naviy-ruhiy iqlimda nafas olib kelgan xalqlarimiz 
tariximizning, ayniqsa, bugungi ma’suliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, 
dunyoviy salohiyat va milliy g’urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, 
yana ham mehr-oqibatliroq bo’lishlari lozimligini hayotning o’zi taqozo qilmoqda. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmun 
jihatidan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. 
Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad 
va intilishlariga muvofiq keladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi bironta xalq 
va millat o’zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan 
mutlaqo ajralgan alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning 
madaniy-ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu 
sababli barcha xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy rivojlanishi, tarixi 
bir-biri bilan chambarchas bo’lib ketgan. 
Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti 
bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer 
yuzida ilm-fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollanish
poygasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini 
olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat 
xom ashyosi, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni va jahon 
okeani resurslarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar kiradi. 
Qadriyatlarning jamiyat taraqqiyoti, inson hayotiga ko’rsatadigan ta’siri 
nuqtai nazaridan progressiv va reaktsion qadriyatlariga ajratilishini ham esdan 
chiqarmaslik kerak. Jamiyatimizning iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyatining 
ilgari qarab rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil insonni
tarbiyalashga, mustaqil respublikamizni har tomonlama mustahkamlab, jahon
sivilizatsiyasiga qo’shishga astoydil xizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin