385 taraqqiyotga erishishning o’ziga xos yo’lini tanlagan. Shuning uchun ham uning
jahon hamjamiyatidagi obro’ va e’tibori tobora ortib bormoqda. Barqarorlik,
tinchlik, totuvlik — mustaqillik tufayli qo’lga kiritilgan eng katta yutug’imizdir.
Shunday ekan, bugungi kunda ularni qadrlash, avaylab-asrash, himoya qilish —
barchamizning eng dolzarb, eng olijanob vazifamiz bo’lib qolmog’i kerak.
Ma’lumki, jahon xo’jaligiga kirishda bozor iqtisodiyotini, shakllantirish
muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyoti
talablariga to’liq javob bera oladigan davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni yo’lga
qo’yish katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz tomonidan ilmiy
asoslab berilgan va hozirgi kunda izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgan
iqtisodiy islohotlar strategiyasi qo’l kelmoqda. O’zbekiston rang-barang yer osti va
yer usti boyliklariga ega. Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlar yo’li
yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, jahon jamoatchiligi, jahondagi
rivojlangan eng yirik mamlakatlar tomonidan keng qo’llab-quvvatlanmoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik
tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. BMTning iqtisodiy muassasalari, Jahon
banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy
taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni
saqlash tashkiloti kabilar shular jumlasiga kiradi. Respublikamiz rahbariyati O’rta
Osiyo va MDH davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tabiiy, moddiy
qadriyatlarimizni birga baham ko’rish sohasida ham katta amaliy ishlar qilmoqda.
Bularning bari jamiyatimizning jahon xo’jaligiga qo’shilib, iqtisodiy yuksalishida
katta ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqimizning rang-barang va boy madaniyati jahon xalqlari madaniyatining
ajralmas qismidir. Ko’p asrlar davomida shakllanib, mazkur xalqning ma’naviy
boyligini, uning urf-odatlari, an’analarini mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni
vaqtda umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va shu tariqa u
jahondagi barcha xalqlarning ma’naviy boyligi ham bo’lib hisoblanadi. Yuksak
milliy madaniyat, ma’naviyat hamma vaqt jahon xalqlarini bir-biriga