158
ishlar – deraza sinsa, rom oshig‘idan
chiqib ketsa, lampa kuysa va h. k. larga otalar
o‘rgatib oladilar. Ungacha esa sizga va oilangizga yordamchi qilish kerak. Qizlarni
esa uy
tartibidan tashqari muomalaga, akasini yoki ukasini «ishlata» olishiga, tashqi
ko‘rinishga e’tiborni qaragan ham yaxshi. Bolalar tarbiyasida ziyolilikka inrtilish
katta ahamiyat kasb etadi. Ota-onalarni qanday sohada va qanday ma’lumotga egaligi
emas, balki qay darajada ziyolilikka intilishi muhimdir.
Bolalar va ota-onalarning
ilmdan, yangiliklardan doimo xabardor bo‘lishi bolalarni tushunishga, bir oz
zamonaviyroq bo‘lishga undasa, bolalarning kitob o‘qishga bo‘lgan
qiziqishi ota-
onalarning aytmoqchi bo‘lgan gaplarini aniqroq anglashga yordam berishini
unutmaslik zarur.
Tartiblilik faqat harakat orqali emas – u tilda ham dilda ham bo‘lishi lozim.
Erkaklar!
Bir yilda bir marotaba bo‘ladigan tug‘ilgan kunlarga bee’tibor
bo‘lmang. Bu bilan erkaklar ayollarga bo‘ysunganini tan olmaydi,
aksincha ayollar
uchun bu – haqiqiy erkaklik xususiyatidir. Ko‘pchilik go‘yoki narsaga ko‘ngli
bog‘langanmi yoki mengami, deb sinamoqchi bo‘ladilar. Ular qattiq adashadilar.
Ko‘ngil moddiylikni ichida – ya’ni tanada yashaydi. Ularni ajratish, ularni o‘ldirish
bilan barobar. Axir yigitlik chog‘ida sevgi izhor qilish yoki qizning qo‘lini so‘rash
uchun gul ko‘tarib borar edingiz
ku! O‘zingizni o‘zingiz rad etmang. Bir og‘iz shirin
so‘z va uch dona gul (ko‘proq bo‘lsa undan ham yaxshi) hech kimni o‘ldirmaydi.
Muhabbat gulga o‘xshaydi. Uni parvarishlash lozim. Muhabbatga quyiladigan suv bu
– e’tibordir. Ayolingizning sizdan ko‘ngli qolishi oilani buzishgacha olib kelishi ham
mumkin.
Dostları ilə paylaş: