152
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha
kiyimlar rangini o‘zlarining o‘z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Ammo
bunda rangning kishiga tushishidadir. Katak-katak kiyimlarni matoli va yo‘l-yo‘l
matolardan tikilgan kiyimlarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo‘ylamasiga yo‘l
bo‘lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi-qomatini nozik, bo‘y-bastini uzaytirib
ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya yetish mumkin. Ozg‘in
va baland bo‘yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari ma’qul, ko‘ndalang,
yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi.
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.
To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini
bilintirmay tursa, oq ranglar yanada
to‘laroq ko‘rsatadi. Yashil, binafsha, ko‘k rang qaddi-qomatni rostlab ko‘rsatsa, sariq,
jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to‘la qilib o‘rsatadi. Ortiqcha
bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip
gazlamalar,
shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo‘lishi lozim. Yoz
paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko‘ylak va xalatlar kiyish maqsadga
muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo‘lishi, ayniqsa ko‘ylak-
kostyumlar kiyish ko‘pdan urf bo‘lib keladi. Ozodalik, orastalik, pokizalikni bir umr
o‘ziga hamroh qilgan kelinlar, shoshib qolmaydilar, ayniqsa ishlasalar yoki o‘qisalar
– bu fazilatlar insonga o‘ziga ishonch va ruhiy muvozanat baxsh etadi.
Parcha-yu kimxoblardan kiyim,
zeb-ziynatlar taqib, bir davraga kirsangizu,
birinchi tabassumingizda tishingizni sarig‘i ko‘rinsa, kishilarning siz haqingizda fikri
o‘zgaradi. Eng so‘nggi moda bilan kiyinsangizu, sochlaringiz to‘zib yotgan bo‘lsa,
hech qachon sizni orasta deyishmaydi.
Yangi kiyimlar, chiroyli liboslar notozalikni
yashira olmaydi.
Dostları ilə paylaş: