156
o‘zgargan. Hozirda bir farzandning o‘zini kelajagini qurish uchun faqat to‘qqiz yillik
o‘qishnining o‘zi yetarli emas.
Uyimizning ichki ko‘rinishi, tabiiyki bizning odatimiz va didimizga bog‘liq.
Asosiysi, biz va oila a’zolarimiz o‘zini qulay va shinam joyda his qilishni ko‘zda
tutish lozim. Shunga qaramay sizni e’tiborga olinadigan bir qancha masalalar bor.
Aytaylik, uyni narsalar bilan to‘ldirib tashlab, uni magazinga o‘xshatib qo‘ymaslik
lozim.
Uyni yasatish va saranjomlashda derazalarga alohida e’tibor berish kerak.
Xohishga qarab ular orqali xonani kengaytirishi yoki, aksincha kichraytirish mumkin.
Derazalarni jonli rasmga aylantirish mumkin. Yoki ularni musavvirlik bilan
drapirovka bilan berkitish mumkin... Har qanday holatda ham derazalar sizni butun
olam bilan bog‘lab tursin va uyga imkoni boricha ko‘proq
toza havo kiritib turish
kerak.
Agar farzandlar bo‘lsa (ayniqsa, go‘daklar), bolalar yashayotgan joyda mebel
jihozlari va uyning umumiy saranjomligi, kichik odamchalarning erkin harakatlanishi
va tabiiy o‘sishiga halaqit bermasligi lozim. Diqqat qiling: agar siz bolalarga haddan
ziyod tanbehlar berayotgan bo‘lsangiz, (Tegma! Chiqma! Yugurma! va h.k.) aybdor
bola emas, mebel joylaShuvining o‘quvsizligi (yoki sizning qobiliyatsizligingizdir).
Har qanday uyda asosiysi har holda narsa emas (qanday qiymatga ega bo‘lishidan
qat’iy nazar) – inson. Shu bilan birga o‘zingiz, yaqinlaringiz, qariyalaringiz,
farzandlaringiz ham. Buni yoddan chiqarmaslik muhim ahamiyat kasb etadi.
Tanishlarni uydagi boylik va qimmatli jihozlar bilan to‘ldirib hayratga solishga
intilmagan ma’qul. Qimmatbaho va zamonaviy jihozlar uyda doimo shinamlikni
tug‘dirmaydi. Ba’zida buning aksi bo‘lishi ham mumkin.
Boshqa tomondan esa, uyni eski narsalar bilan to‘ldirib tashlamaslik ham lozim.
Ayniqsa, agar ulardan anchandan beri foydalanilmayotgan bo‘lsa. Hech bo‘lmaganda
bir yilda bir marotaba uyni eski kerakmas narsalardan bo‘shatib
turish maqsadga
muvofiq.
Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim.
Har qanday uyni gullar go‘zallashtiradi. Ayniqsa, yangi uzilgan, chiroyli
tanlangan guldastalar, quruq o‘t va gullar majmuasi, turli xonadon gullari bo‘lsa nur
ustiga a’lo nur. Bu yerda xayolotingizning imkoniyatlari cheksizdir. Ammo gullar
boshqa barcha narsalar kabi uyda ozodalik, e’tibor va parvarishni talab qiladi.
Faqatgina ulardan haqiqiy xayolot va san’at asari darajasiga ko‘tarila oladiganigina
xonangizni yasatishi mumkin. Lekin oshirib yubormaslik ham joiz.
Uy hayvonlari –
akvarium baliqlari, muShuk, qushlar va h.k. – nafaqat uyni
o‘zgartirib yuboradi, iliqlik va jon bag‘ishlaydi, balki o‘ziga xos tarzda uyga oro
beradi (gullar kabi). Ammo jonzotlar bo‘lgan uyda yoqimsiz hidlarning bo‘lishi
157
yomondir. Uy hayvonlari va uning egalarining doimiy ifloslik va betartiblikda
bo‘lishi undan ham yomonroq.
Ko‘pchilik erkak ayollar «yaxshi pul topa boshlasalar» oilani boshqaruvining
o‘z qo‘llariga oladilar degan hadik mavjud. Bo‘lmagan gap. Bu erkakka bog‘liq.
Mamlakatimizda ayol kishining daromadi qanchaligidan qat’i
nazar uning buromadi
bilan erkak shug‘ullanadi. Boshliq ham u. Lekin bu degan ayolning ishga «sho‘ng‘ib»
kyetishi degani emas. Ayolning ishi oilaga xalaqit bermasligi lozim. Bolalarni ozoda
bo‘lishga, batartib ish yuritishga, munosabatlar – bularni rivojlantirishning barchasi
ayolning zimmasida. Erkaklar esa «ishlab keldim» deb, faqat shoir iborasi bilan
aytganda «tirik hamyon» vazifasini o‘tashi yaxshi emas. Bu ayolni ham jismonan
ham ruhan toliqtiradi. Uydagi og‘ir ishlar, bozor-o‘char ko‘proq erkakning
zimmasida. Agar bunga imkon topa olmasa, ayol uchun sharoit yaratib berish lozim.
Texnik masalalarda – issiq va sovuq suv, ayolga yordamchi mashinalar – go‘sht
maydalagich, kir yuvadigan mashina va h.k. Zero,
ular ketadigan vaqt hamda
mehnatni tejaydi. Ammo ularning yo‘qligi ozodalik va tartiblilikni bo‘lmasligi degani
emas. Har qanday sharoitda yashayotgan ayolning uyiga kirib borgan kishi uning
sharoitiga emas, uy tutishiga baho beradi. Barcha narsalar va sharoit mavjud bo‘lgan
uydan ko‘ra, kichkina xonalar bo‘lsa ham odmigina sharoitsiz uy ham chiroyliroq
ko‘rinish kasb yetishi mumkin. Shu sababdan, ba’zida uyingizga kirgan mehmonlar
«uyingiz shinamgina ekan
a?!» dyeyishlari bejiz emas. Ammo faqat «odamlarning
ko‘ziga» uyni tutish yaxshi emas. U yerda siz yashaysiz. Hurmat avvalambor o‘zdan
boshlanadi.
Avvalambor, o‘ziga va oilasiga qulaylik tug‘dirgan odamdan oqil odam
yo‘q.
Batartib oilada yashagan bola ham ozoda bo‘ladi. U ota-onasidan qanday qilib
kelishuv asosida oila boshqarishni o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: