43
monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo‘lib, qiziqarli ma’lumotni ham
xazm qilish qiyin bo‘ladi.
Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu
insonning manerasi, ya’ni hatti–harakatining ohang bilan uyg‘unligi. Bularga
qomatni turishi, qo‘l harakati, yuzdagi imolalar kirib ketadi.
Hayotimizni ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga – ko‘cha-
kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. Nafaqat o‘zimizning
kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o‘zimizni
qanday tutishimizga bog‘liqdir. Uydan ko‘chaga chiqayotganingizda kerakli bo‘lgan
narsalarni:
hujjatlar, dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur
bo‘lgan mayda-chuyda narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil
qilishingiz ma’qul. Kiyim bosh,
oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq
o‘zimizga razm solib, so‘ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‘tarib, uyda
tashqarida o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Ko‘chada o‘zini
tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o‘zini noqulay va noxush
sezishiga sabab bo‘lmasligidir.
Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo‘lishi shart,
ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va
bosiqroq javob bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda
Dostları ilə paylaş: