47
O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uni buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Horijiy
so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat
bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.
Ovoz, ohang.
Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning
grammatik qurilishi etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol
o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi.
So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum
darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki
tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish-turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa,
so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega.
Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga
har xil ta’sir yetishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz
ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi
bilan siz bevosita
atrofdagilarda og‘ir yoki yengil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning
ma’nosi
umuman
tinglovchilarga
hech
qanday
ta’sir
bermaydi.
U
suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‘lsa bas.
Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning
suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma’lumotni onglangan
tarzda ham onglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson
o‘z ohangini o‘zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat
qiladigan bo‘lsangiz, qachondir siz o‘z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz
yo‘qmi buni bilib olasiz. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo‘lsa,
unda
ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi eshitishdayoq
ko‘pchilik o‘z ohangini hayrat bilan tanib qolishadi.
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis ohangdir,
baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga
yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o‘rningizga ohangni mos kelmaganidan bo‘lishi
mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham
to‘g‘irlansa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi.
Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan
iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi.
Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy
«Ichindagi ichindadir»
nomli asarida «So‘z –
idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar uchundir. So‘zsiz idrok etganning so‘zga
qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun ko‘klarning, erning hammasi so‘zdir.
Hafif bir sasni eshitganga baqirib-chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham
Qur’ondagi «Bo‘l» (Uning amri bo‘l demak edi edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino
bo‘lgandir»
16
, -
degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan, so‘zlarni mazmun bilan
16
JaloliddinRumiy. Ichindagi ichindadir. Yangi asr avlodi, - Toshkent, 2003. - 29 b.
48
boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi bilan
bir necha marotabagina
odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarni
me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik
atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham
muloyimlik, bosiq ohang bilan va Shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan
berish mumkin.Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‘lgan soxalarda
ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: