5-MAVZU. KIYINISH MADANIYATI Inson tug‘ilishidan boshlab yo‘rgaklanadi. Ammo hozirda dastlabki kunlardanoq
kiyina boshlaydi. Kiyim insonning suratini emas, balki uning butun ichki dunyosini
siyratini ham ko‘rsatadigan omildir. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri ham,
bu – kiyinish etiketidir. Kimning qanday kiyinishiga qarab, uning estetik didi,
farosati, oddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini ham aniqlab olish mumkin.
Kiyinish etiketi kiyinish odobi kishilarning o‘zaro muomalasiga, bir-biriga bo‘lgan
munosabatiga, yurish-turishiga ham ta’sir qiladi.
Lekin kiyinish haqida aniq bir andoza mavjud emas. Kiyim uchun olinadigan
turli narsalarning har biri kishining didi, bo‘y-basti, yoshi, moddiy imkoniyatlari
hamda jamiyatda tutgan o‘rniga bog‘liq. Inson kerak bo‘lmagan xaridlardan o‘zini
asrash uchun doimo o‘zini boshqarib turishi lozim va yangi narsalar uyingizda
mavjud bo‘lgan kiyimlarning uslubiga, gazlamaning rangiga mos keladimi-yo‘qmi,
uni boshqa narsalar bilan kiysa bo‘ladimi, va h.k. larga e’tibor berishi lozim.
Kiyinish shahsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, hamma vaqt go‘zallik,
uyg‘unlik, noziklik, odob, xushmuomalalik haqidagi tushuncha darajasining
belgisidir.
Insonning tashqi go‘zalligi kiyim rangining bir-biriga mosligidir, tabiiyligi va
soddaligidadir. Xushbichim va chiroyli kiyinishning ma’nosi nimada? Ko‘zga
tashlanmaydigan hamda kishiga tabiiy go‘zallik beradigan va uning ayrim
kamchiliklarini bilintirmaydigan ust-bosh, chiroyli, xushbichim, gavdaga, yoshiga va
faslga mos kiyim kiyishdir.
Ammo bu faqat axloqiy tarbiya bilan bog‘liq emas. Balki estetik tarbiyaning
qanday shakllaganligi bilan bog‘liq. Rivojlangan estetik did insonni nafaqat kiyinish,
yashash umuman turmush tarzini go‘zallashtiradi, balki avvaldan qaysi andoza yoki
qaysi ranglar rusm bo‘lishini ilg‘ash qobiliyatini paydo qiladi. Badiiy asarlar, san’at
turlarini estetik idrok yetish, estetik anglashni shakllantirish didga juda yaxshi ta’sir
qiladi. Bunda siz nafaqat boshqalar kabi chiroyli yashashingiz, balki o‘z uslubingizni
yaratib, ularning tanloviga ta’sir qilishingiz ham mumkin.