Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning
ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus,
qadr-qimmat kabi hatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-
koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Professional etika- har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va
sifatlarni o‘rganadi,hayotga tatbiq etadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas
axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy
hodisadir. Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy
mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom yetishi esa
o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi
faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra
muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar
muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib,
professional etikaning paydo bo‘lish uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning
axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish va unga amal
qilishni komillikka yetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun
axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini shakllantirish
masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallaShuv va
axborotlaShuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko‘rinish
oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib
bormoqda.
“Professional etika va etiket” nomi bilan taqdim etilayotgan ushbu darslikda
etiketning vujudga kelishi va rivojlanishi, kasbiy etikaning kategoriyalari, muomala
madaniyati, etiket turlari, oila va turmush etiketi, marosimlar, mezbon va mehmon
etiketiga doir zamonaviy mavzularning ilmiy asoslari tahlil qilingan.
1
Richerson and Boyd, "The Evolution of Human Ultra Sociality", In press: I. Eibl-Eibisfeldt and F. Salter, eds.
Ideology, Warfare, and Indoctrinability, 1997.