1-MAVZU. “PROFESSIONAL ETIKA VA ETIKET”FANIGA KIRISH, FANNIO‘RGANISHNING MAQSADI, PREDMETI VA VAZIFALARI Inson kamoloti ko‘p qirralidir. Uning buyukligi ma’naviy kamolot darajasi bilan
belgilanadi. Yetuk ma’naviyatga ega bo‘lgan insongina jamiyat muammolarini aqli
va zakovati bilan yechishga harakat qiladi. Chunki inson o‘z atrofidagi odamlar
ta’sirida kamolotga erishadi. Zotan, inson jamiyatda yashar ekan, undan chetda
turolmaydi. Insonlarga xos bo‘lgan axloq me’yorlari jamiyat taraqqiyoti va hayotiy
ehtiyojlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Ta’lim-tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning
shakllanishi va rivojlanishi insonlarning hatti–harakatlarini, ular o‘rtasidagi
munosabatlarni ma’naviyat bilan bog‘lanmagan tabiiy ehtiyojlar va imkoniyatlar
chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat boshqaruvining asosiy
yo‘nalishi umume’tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda
demokratik standartlar asosida huquqiy davlat qurishni belgilab oldi.
Huquqiy
davlatning
shakllanishi
va
jamiyat
ishlari
boshqaruvining
takomillashuvi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik kuchayib borayotgan hamda erkin
fuqaro ma’naviyatini, ozod Shahsni shakllantirish masalasi oldimizdagi muhim
vazifaga aylanib borayotgan hozirgi paytda davlat boshqaruvi qat’iy qonunlar asosida
amalga oshishini taqazo etmoqda. Bu esa bevosita davlat xizmatchidagi xodimdan
yuksak fazilatlarni o‘zlashtirishni talab qiladi.
Davlat xizmatidagi xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyati bir-biriga
mutanosib bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan mansabdor shahslarda siyosiy
xislatlar bilan bir qatorda axloqiy fazilatlarni shakllantirish zaruriy holdir. Axloqiy
barkamollik davlat xizmatidagi xodimlarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri
hisoblanadi.
Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan
va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari
umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan