Uskunalar paneli. Uskunalar paneli hujjatga turli obyektlarni joylashtirish va ularning ko’rinishlarini o’zgartirish imkoniyini beradi. Paneldagi ayrim tugmalarda vazifasiga ko’ra yaqin bir nechta obyektlar guruhlarga ajratilib joylashtirilgan. Uskunalar panelidan joylashtirilgan obyektlarga mos ravishda xususiyatlar paneli o’zgaradi. 11-rasm. Xususiyatlar panelining o’zgarishi.
18
Uskunalar panelini ekrandan olib tashlash va ekranga chiqarish uchun bosh menyuning Окно-Панели-Набор инструментов bo’limidan yoki standart panelda kontekstli menyuning Набор инструментов bandidan foydalanish mumkin. Quyidagi rasmda Uskunalar paneli guruhlari vazifalari keltirilgan. 12-rasm. Uskunalar paneli va ularning vazifalari.
19
Holatlar satri. Holatlar satrida ayni vaqtda aktiv (faol) yoki belgilangan obyektlarga mos ma’lumotlarko’rinadi. Masalan obyektlarni belgilash uskunai tanlanib olti qirrali ko’pburchak obyekti tanlangan bo’lsa holatlar satri quyidagi ko’rinishda bo’ladi. 13-rasm. Holat satrlari. Holatlar satrining chap yuqori qismida obyektning geometrik o’lchamlari, va bu obyekt markazining koordinatalri, panelning yuqori markazida obyekt tipi va u joylashgan qatlam nomi k’rinadi. Panelning o’ng tomonida bo’yash rangi va tashqi chizig’i rangi va qalinligi ko’rinadi. Panelning chap pastki qismida sichqoncha ko’rsatgichining joriy koordinatalari ko’rinsa, pastki markazdi ayni vaqtda aktiv bo’lgan uskuna uchun foydali ma’lumotlar ko’rinadi.