Ranglar va effektlar bilan ishlash. Perspektiv tasvirlar ishlash Ranglar palitrasi (Color Palette) dastur oynasining o‘ng tomonida joylashgan bo‘ladi 51-ram. Bu palitra belgilangan ob’yektni palitrada mavjud ranglarga sichqoncha chap tugmasini bosib bo‘yash, sichqoncha o‘ng tugmasi yordamida esa
48
obyekt tashqi cheqara chizig‘i rangini tanlash imkoniyatini beradi. Agarda hech bir obyekt belgilanmay ranglar palitrasidagi rang tanlansa, dastur bu holni yangi grafik ko‘rinish yaratishga urinish deb qabul qiladi va 52-rasmda ko‘rsatilgan oyna ochiladi. Palitra sarlavhasidagi tugma yordamida palitrani qo‘llash va o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi menyu ochiladi. Bu menyu quyidagi bo‘limlardan iborat: Установить цвет абриса (Set Outline Color)— belgilangan obyekt tashqi chizigi rangini ayni vaqtda palitrada aktiv bo‘lgan rangga o‘tkazadi. Установить цвет заливки (Set Fill Color) — belgilangan obyekt bo‘yalish rangini ayni vaqtda palitrada aktiv bo‘lgan rangga o‘tkazadi. Палитра (Palette) — yangi ranglar palitrasini yaratish, boshqa palitrani ochish, ayni vaqtda ochiq palitrani saqlash va yopish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha menyuni ochadi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ranglar palitrasini ochish ham mumkin. Bunda bu palitralar yonma-yon joylashadi. Правка (Edit) — rang o‘zgartirish yoki topish uchun xizmat qiladi. По умолчанию (Set As Default) — joriy palitrani dastur ishga tushirilganda ochiladigan asosiy palitra sifatida o‘rnatadi. Показать имена цветов