Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1203
w www.oriens.uz June 2022 serverida saqlanuvchi dastlabki qiymatni taqqoslashga asoslangan. Agar P
A
va
qiymatlar mos kelsa, parol P
A
haqiqiy, foydalanuvchi A esa qonuniy hisoblanadi.
2-rasm. Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash
Sertifikatlar asosida autentifikatsiyalash. Tarmoqdan foydalanuvchilar soni
millionlab o’lchanganida foydalanuvchilar parollarining tayinlanishi va saqlanishi
bilan bog’liq foydalanuvchilarni dastlabki ro’yxatga olish muolajasi juda katta va
amalga oshirilishi qiyin bo’ladi. Bunday sharoitda raqamli sertifikatlar asosidagi
autentifikatsiyalash parollar qo’llanishiga ratsional alternativ hisoblanadi.
Raqamli sertifikatlar ishlatilganida kompyuter tarmog’i foydalanuvchilari
xususidagi
hech
qanday
axborotni
saqlamaydi.
Bunday
axborotni
foydalanuvchilarning o’zi so’rov-sertifikatlarida taqdim etadilar. Bunda maxfiy
axborotni, xususan maxfiy kalitlarni saqlash vazifasi foydalanuvchilarning o’ziga
yuklanadi.
Foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi raqamli sertifikatlar foydalanuvchilar
so’rovi bo’yicha maxsus vakolatli tashkilot-sertifikatsiya markazi CA (Certificate
Authority) tomonidan, ma’lum shartlar bajarilganida beriladi.Ta’kidlash lozimki,
sertifikat olish muolajasining o’zi ham foydalanuvchining haqiqiyligini tekshirish
(ya’ni, autentifikatsiyalash) bosqichini o’z ichiga oladi.Bunda tekshiruvchi taraf
sertifikatsiyalovchi tashkilot (sertifikatsiya markazi CA) bo’ladi.
Sertifikat olish uchun mijoz sertifikatsiya markaziga shaxsini tasdiqlovchi
ma’lumotni va ochiq kalitini taqdim etishi lozim. Zaruriy ma’lumotlar ro’yxati
olinadigan sertifikat turiga bog’liq. Sertifikatsiyalovchi tashkilot foydalanuvchining
haqiqiyligi tasdig’ini tekshirganidan so’ng o’zining raqamli imzosini ochiq kalit va
foydalanuvchi xususidagi ma’lumot bo’lgan faylga joylashtiradi hamda ushbu ochiq
kalitning muayyan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlagan holda foydalanuvchiga
sertifikat beradi.