Bolalarga xos xarakter xislatlarini shakllanishida oila tarbiyasi muhim omil sifatida



Yüklə 66,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü66,49 Kb.
#194513
1   2   3   4   5   6   7
bolalarga-xos-xarakter-xislatlarini-shakllanishida-oila-tarbiyasi-muhim-omil-sifatida

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
975 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, avvalo, 
oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga 
xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni izzat qilish, 
Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi. 
Yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, 
bolalarda 
xarakter 
xususiyatlarining 
shakllanishiga ta’sir etuvchi bir qator komponentlari oilada shakllanib borishi bilan 
birgalikda, nosog’lom bo’lgan oila sharoitida tarbiya topayotgan farzandlar xulq-
atvorida o’ziga xos bo’lgan salbiy individual psixologik xususiyatlarning 
shakllanishiga sabab bo’lmoqdadir. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini yuzaga 
kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning uchun ham 
xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi, degan fikr 
mavjud. Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik 
yoshida xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”, “boshqacharoq bo’lib 
qolish” tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni, atrofdagilarga nisbatan 
munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo’la 
boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va 
nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida 
aktsentuatsiya 
xususiyatlari, 
jumladan, 
emansipatsiya 
reaktsiyasi 
kattalar 
qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq 
reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi. 
Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor 
ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli 
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga 
befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga 
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini, 
ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi 
tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi, 
natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning 
psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi. 

Yüklə 66,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin