Bolalarga xos xarakter xislatlarini shakllanishida oila tarbiyasi muhim omil sifatida



Yüklə 66,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix25.12.2023
ölçüsü66,49 Kb.
#194513
1   2   3   4   5   6   7
bolalarga-xos-xarakter-xislatlarini-shakllanishida-oila-tarbiyasi-muhim-omil-sifatida

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
977 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan begonalashishning ayrim 
shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. 
Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a’zolarining begonalashishi bolalarning 
boshqa doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band 
bo’lishiga olib kelmoqda. Oila a’zolari o’rtasidagi komunikativ a’loqalarning 
cheklanganligi, qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o’zining
ehtiyojini, endi norasmiy guruhlarga qo’shilish, noan’anaviy mashg’ulotlar bilan 
shug’ullanayotganini kuzatishimiz mumkin.
Bunday bolalar va ota – onalar o’rtasidagi o’zaro ta’sir munosabati jarayonidagi 
ayrim negativ holatlarni yuzaga kelishini V.V.Boyko quyidagicha talqin etadi.
Oiladagi o’ta qat’iy chegaralangan oila a’zolarining munosabatlari, bunda, ota 
– onalarning o’ta talabchanligi, bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli 
xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida ota – onalarning bolaga nisbatan 
munosabatida yanada qat’iy holatlarning xosil bo’lishiga olib keladi. O’zaro 
munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga nisbatan bemehrlilik, 
qo’pollik va ota – onalarning qo’rsligi bolalarda agressivlik reaktsiyasini uyg’otadi
va o’zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishini
kuchaytiradi.
Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi 
bolalar kompleksini hayotga yo’naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda 
boladan noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi
boladada o’z navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan 
tashqari jamoalarda himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o’zini 
chetga tortishiga, o’z-o’zini himoya qila olmaslikga, biror ta’sirga tezda javob 
qaytara olmaslik holatiga va o’zini tezda yo’qotib qo’yish holatiga olib keladi. 
Bolalarrning bunday xulq atvori ota-onalari va atrofdagilar uni boshqarishiga, 
boshqalarga tobe bo’lib qolishga, bog’lanib qolishiga, mustaqil bo’la olmasligiga
sabab bo’ladi. Ketma-ket bo’lmagan munosabatlar. Bunda ota-onalarning bola 
tarbiyasidagi ehtiyotsizligi, loqaydligi vabolaga nisbatan talabchan bo’lmasligi bilan 
ajralib turadi. Bolalarga nisbatan qo’yilgan noto’g’ri talablar yo o’zini oqlamagan 
yoki o’ta yumshoq ko’rinishda bo’lib, muayyan bir harakati uchun bir safar 
jazolasalar, keyingi safar e’tiborsiz qoldirishining natijasiadir. Bunday holatlarda 
bolalar hulq-atvor normalarida, burch, ma’suliyat hissi kabi tushunchalar haqida 
o’ylamaydi va muayyan tasavvurlarga ega bo’lmaydi.
Yuqorida keltirilgan tarbiya usullari,shakllariga bola tarbiyasida quyidagi
xususiyatlarini yuzaga kelishiga sabab bo’ladi:



Yüklə 66,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin