Birinchidan,
ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar insonning ongiga bevosita ta’sir
qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkknchidan,
tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq
bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra,
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
976
w
www.oriens.uz
January
2022
yoshlik chog‘laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta
odamlarning barcha hatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu hatti-
harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada,
ko‘cha-ko‘yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini
zimdan kuzatib turadilar.
To’g’ri, hozirgi globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining kuchayishi
munosabati bilan oilaning etnopsixologik xususiyatlaridagi milliy barqarorlik susayib,
zamonaviylashish tendentsiyasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bu fikrga V.V.Boyko
ham qo’shilib, bolalarda xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi zamonaviy oilalarning
o’ziga xos xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko’rsatadi:
-Birinchidan, oilaning nuklearlashib borishi oqibatida yani oilada er-xotin va
farzandlardan iboratlliligi zamonaviy kam farzandli nuklear oilalarning ko’p avlodli
oilalardan farqli ravishda bola xarakterining shaklllanishida o’ziga xos ijtimoiy-
psixologik muhitni tashkil etadi. Bunday oilalarda ko’pincha shaxslararo
munosabatlarning qisqa zanjiri ustunlik qiladi, oila a’zolarining o’zaro bir-biriga
ta’sir etish vositalari chegaralangan, shuningdek, taqlid qilish uchun namuna va
vaziyatlar ham kam shakllanganligi bilan farqlanadi.
-Ikkinchidan, oiladagi o’ta bog’liq va bir xildagi munosabatlar oqibatida
bolalarning ota-ona xulqi namunalarini mustahkam egallashlari ehtimolligini oshiradi.
Ota-onalar xulq-atvoridan tanlab olish chegaralangan bo’lganligi sabab, bolalar
ijtimoiy-tipik xususiyatlarni egallashi, qaysiki, o’zida ham mikromuhit, ham
individual xususiyatlarining aks etishi ehtimolidan holi emasdir.
Keltirilgan turli ilmiy ma’lumotlardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki,
zamonaviy oilaning o’ziga xos xususiyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun
insonparvarlik tajribasining cheklanganligi bilan ifodalanadi.
Bazi yosh oilalarimizda bolalar, o’smirlar, katta kishilar va boshqa shaxslarga
nisbatan kommunikativ tolerantlik (bag’rikenglik) sifatlari yetarlicha o’z aksini
topmaganligi,oila a’zolari o’rtasida yetarlicha ma’lumot almashinish chegaralangan,
to’g’ri yo’lga qo’yilmagan, bori ham xozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari bilan
aloqa o’rnatish orqali amalga oshirilishi, shuningdek, «biz» tushunchasi va unga
munosabat yetarlicha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina holatlar oqibati
sifatida yuqori darajada bolalarning «personifikatsiyasi», ya’ni oila davrasida
bolalarning o’z «men» ini ko’rsatishi hisoblanib, bu o’zining haqligini ta’kidlash,
o’zini ota-onalarga qarama-qarshi qo’yish, ularga qarshi harakatlar qilish, ularning
qadrini, obro’sini ni inkor etish, ular berayotgan maslahatlardan to’liq foydalanmaslik
orqali namoyon bo’lmoqda.
|