279
yil)ning miya postining ma’lum qismi (miya chap yarim sharlari
peshona qismining pastki
tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa bemorlarda nutq artikulyatsiyasi
buzilishini aniqladi va “so‘z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz”, degan fikrini keltirdi.
[3]
Psixologik jihatdan esa olim quydagi to‘xtamga keldi: “nutqning muayyan asoslariga
suyangan holda no‘ananaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi. (Nutq og‘zaki
va yozma (verbal va noverbal) turkumga ajratiladi)” [3].
Bugungi kunga kelib, bolalar nutqini o‘rganish, ko‘p qirrali ilmiy ma’lumotlarning
zarurligi, har tomonlama va tushuntirishli nazariy asoslarni yaratishning muhimligi va
go‘daklar hamda yosh bolalar bilan tajriba o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan innovatsion
uslubiy protseduralar tufayli qiyinlashmokda. Tadqiqotlar nutqning ontogenetik yo‘lini
boshqaradigan asab, motorik, sezgi, bilim, anatomik, lingvistik,
hissiy va ijtimoiy
parametrlarning hissasini yoritishga harakat qiladi.
Noam Xomskiy tomonidan ishlab chiqilgan kompetensiya bir guruh olimlar:
tilshunoslar, funksionalistlar, kognitiv lingvistlar, psixolingvistlar, sotsiolingvistlar
tomonidan rad etildi. Xomskiyning fikricha, til kompetensiyasiga ona tilida
so‘zlashuvchilarda ega bo‘lgan lingvistik bilimlar tizimi
sifatida qaralganligi bois, lingvistik
ko‘rsatkichlardan ajralib turadi va grammatik jihatdan ahamiyatsiz shartlar ta’sir qilmaydi,
deb ta’rif bergan edi [4]. Boshlang‘ich sinf (3-4sinf) yoshidagi bolalarning muloqot
qobiliyatlarini o‘rganish ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi bosqichida eng
muhim muammolardan biri hisoblanadi. Nomlari aytib o‘tilgan olimlarning ishlarini
o‘rganish natijasida, til va uning hosilasi bo‘lgan nutq kishilik jamiyatining muhim
aloqa
vositalaridan biri ekanligini angladik.
Noqulay sharoitlar bolalar nutqini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada bunday
bola tengdoshlari bilan yomon aloqada bo‘ladi, boshqa kattalarni xavf manbayi deb biladi,
o‘qishni yoqtirmaydi va o‘rganishga qiziqish bildirmaydi. Hozirgi vaqtda shahar
markazlarida yashovchi aksariyat ota-onalar farzandining odob-ahloqiga, ta’lim-tarbiyasiga
qishloqdagi ota-onalarchalik e’tiborli bo‘lmaydilar, natijada bu e’tiborsizlik ularning xatti-
harakatida, ayniqsa, nutqida yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘z farzandlarining ehtiyojlariga
unchalik qiziqmaydigan shahar ota-onalari farzandlari tomonidan
til madaniyatini sindirish,
ayrim so‘zlarni neologizmlar bilan ishlatishiga sharoit yaratadilar.
Ota-onadan bolaga
e’tibor yetishmasligi va ularning salbiy nutq faoliyati bola rivojlanishiga, nutqiga, ayniqsa,
fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin emas. Birinchidan, bu vaziyatda
boladagi taqlid mexanizmi ishlaydi, ota-onalarning nutqida ishlatiladigan so‘zlarni, nutq
vositasini bola ongsiz ravishda qabul qiladi. Ikkinchidan, nizoli
vaziyatlarda ota-onalarning
stereotipli, tezlashtirilgan nutq darajasi, so‘zlardagi ohanglarning baland-pastligini eshitgani
bo‘yicha qabul qiladilar.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, ota-onalar e’tiborini
farzandlarining nutqlariga qaratmoqchimiz, chunki bola bilan asta-sekin muloqotga
kirishish kerak, barcha so‘zlarni
aniq talaffuz qilib, ularni ohang bilan bir-biridan ajratib
talaffuz qilish bolalarining og‘zaki nutqini to‘g‘ri shakklanishiga zamin yaratadilar. Shuni
ta’kidlash kerakki, bolalar tomonidan kattalarning nutqini idrok etishni faqat passiv jarayon
deb xisoblash mumkin, chunki nutqni tinglayotgan bola,
aytilganlarning mazmunini
tushunishi, qabul qilingan nutq ma’lumotlarini aniq tushunib olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: