Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Ko’krak qafasi
(thorax). 
Ko’krak qafasi qonus shaklida bo’lib, ko’krak a'zolarining anikrogi yurak, upka, 
qizilo’ngach, traxeya,ayrsimon bez va boshqa a'zolarni o’z ximoyasiga oladi.Uning yuqori 
teshigi bevosita bo’yinga davom etadi, pastki keng teshigi diafragma (ko’krak-qorin to’sig’i) 
bilan chegaralangan.Ko’krak qafasi ko’krak umurtqalari, 12 juft qovurg’alar va to’sh suyagidan 
tashkil topgan
Qovurg’a 
(costa).
Qovurg’a yarim oy shaklidagi g’ovak suyak bo’lib, 2ta uch tafovut 
etladi. Orqa uchi ko’krak umurtqasiga bo’g’im hosil qilib birikadi, oldingi uchi esa gialin tog’ayi 
yordamida to’sh suyagiga birikadi. Xar bir qovurg’aning orqa uchida boshchasi, bo’yinchasi, 
do’mboqchasi bor. Qovurg’a tanasining oldingi-orqa yuzasi va yuqori - pastki kirgoqlari bor. 
Pastki kirg’og’ining ichki tomonida qon tomirlari va va asab tomirlari o’tadigan egatcha bo’lib, u 
tibbiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Birinchi qovurg’a, boshqa qovurg’alardan farqli ularoq, kalta va yoy shaklida bo’ladi. 
Uning old va orqa qirrasi, yuqori va pastki yuzalari tafovut etiladi. 
To’sh suyagi
(Sternum
). To’sh suyagi ko’krak qafasining oldingi sathida markaziy 
qismni egalladi. U aytarli tik joylashgan yassi uzunchok shakldagi suyak bo’lib, 3 qismdan 
iborat.
1.To’sh suyagining dastasi (manibrium) to’shning yuqorigi anchagina keng qismi bo’lib, 
unda 1-2- qovurg’a va o’mrov suyagining to’shga qaragan uchi birikadigan o’ymalari bor. 
2.To’sh suyagining tanasi (corpus sterni) uning o’rta qismi bo’lib, ikkala yon kirg’og’ida 
2-, 3-,4-, 5-,6 chi qovurg’alarning tog’aylari birikadigan uyimalar bor. 
3.Xanjarsimon (processus xiphoideus sterni) o’sig’i tanasining pastki qismi 
ingichkalashuvidan paydo bo’lgan hosila bo’lib, u ko’krak qafasining oldingi, pastki tomonida 
joylashgan va 7- qovurg’aning tog’ayli uch bilan bo’g’im hosil qiladi. 
Qo’l va oyoq suyaklari (
Skeleton membri superioris et inferioris
). 
Odamning qo’l va oyoq suyaklari tuzilishi jixatidan o’xshash bo’lib, ular bajaradigan ish 
bilan tubdan farq qiladi. Qo’l va oyoq suyaklari joylashishiga qarab 2 turga bo’linadi: kamar 
suyaklari va erqin suyaklar.Elka kamari suyaklariga (Cingulum membri
 
superioris) ko’krak va 
o’mrov suyaklari kiradi. 
Oyoq kamari suyaklariga (
Cingulum membri inferioris
) chanoq suyaklari ya'ni yonbosh, 
qov va o’tirg’ich suyaklari kiradi.Qo’lning erqin suyaklariga (skeleton membri superioris liberi) 
yelka, bilak, tirsak, va qo’l panjasi suyaklari kiradi.
Oyoqning erqin suyaklariga (
skeleton membri inferioris liberi
) jumlasiga son, katta va 
kichik boldir, oyoq panjasi suyaklari kiradi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin