Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Qo’l panjasi suyaklari
(ossa manus) 
uch qismga bo’linadi: 
1. 
Kaft usti suyaklari 8ta mayda suyaklar yig’indisidan iborat. 
2. 
Kaft suyaklari 5ta kalta naysimon suyaklar yig’indisidan iborat. 
3. 
Qo’l barmoqlari 3 qator kaltanaysimon suyaklardan iborat. 
Kaft usti suyaklari mayda g’ovak suyaklardan iborat, ular ikki qatorda joylashgan va 
shakliga qarab nomlanadi. Birinchi proqsimal qatorda 4ta suyakchalar (bosh barmoq tomondan 
sanalganda): kayiksimon, yarim oysimon, uch qirrali va nuxotsimon suyaklar bo’lsa, ikkinchisi - 
distal qatorda trapesiya, trapesiyasimon, boshchali, imlmoqli suyaklar bor. Kaft va qo’l 
barmoqlari kalta naysimon suyaklarning boshi, tanasi va asosi bor. Faqatgina bosh barmoqda 
o’rta falanga yo’q. 
Qo’l panjasi suyaklarining umumiy soni 27 ta. 
Qo’ldagi erqin suyaklarning 
birikishi. 
 
Elka bo’g’imi
(art.humeri).
Yelka bo’g’imi gavdaning eng harakatchan bo’g’imi 
hisoblanadi, u shaklan sharsimon, ikkita suyak birikishidan hosil bo’lganligi uchun oddiy va 
ko’p o’qli bo’g’im hisoblanadi. Unda oldinga, orqaga (bo’qish yozish), o’zoqlashtirish, 
yaqinlashtirish va aylanma xrakatlar amalga oshadi. 
Elka suyagining proqsimal uchidagi boshi ko’rak suyagining lateral burchagidagi 
bo’g’im chuqurchasiga birikadi. Ko’rak suyagining bo’g’im yuzasi yelka suyagi boshidagi 
bo’g’im yuzasidan maydaroq (inqongruent) bo’lib qo’shimcha bo’g’im hosil kiluvchi aylanma 
tog’ay lablar yordamida oddiy uyg’unlashgan (qongruent) bo’g’im hosil qiladi. Yelka bo’g’imini 
unchalik mustahkam bulmagan yelka tumsho’qsimon o’sig’i boylami biriktirib turadi.
Yelkaning iki boshli mushagining payi yelka bo’g’imini oldingi tomondan, uch boshli 
mushak paylari esa orqa tomondan mustahamlab turadi rsak bo’g’imi (art. cubiti) uchta alohida 
bo’g’imdan iborat bo’lgan murakkab bo’g’im hisoblanib, bitta kapsula ichidagi tirsak bo’g’imini 
hosil qiladi: 
1.Tirsak-elka bo’g’imi- g’altaksimon shaklda bo’lib, aynan galtak o’ymasi yelka suyagi 
distal uchidagi qismi galtak qismi bilan bo’g’im hosil qiladi. Bu bo’g’imda bo’qish va yozish 
HARAKATlari bajariladi. 
2.Bilak yelka bo’g’imi- shar shakldagi bo’g’im bo’lib, yelka suyagini boshchasi bilan 
bilak suyaginig bo’g’im cho’qchrchasi qo’shilishidan hosil bo’ladi va cheklangan ko’p o’qli 
bo’g’im hisoblanadi. 
3.Tirsak bilak bo’g’imi - tirsak va bilak suyaklarining yuqoridagi aylanma bo’g’im 
yuzalari qo’shilishidan bir o’qli silendrsimon oddiy bo’g’im hosil qiladi va ichkariga (pronasio), 
tashqariga (supinasio) Harakatini yuzaga keltiradi. Tirsak yenlanma kollateril boylamlar bilan 
mustahkamlanadi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin