Ayollar chanogi kattaligi va shakliga ko’ra erkak chanogidan farq qiladi. Ayollar chanogi
keng va kalta, yonbosh va dumg’aza suyaklari yalpoq bo’lib, suyaklari nisbatan nozikdir. Uning
bo’shlig’i xomila utishi uchun moslashgan. Akusherlik amaliyotda ayollar chanogining
o’lchamlarini mo’qammal bilish muhim ahamiyatga ega.
Katta chanoq o’lchamlari
.
1. Yonbosh suyagining oldingi yuqoridagi usiklar orasidagi
masofa
(distantia spinarum)
25-26 smga teng.
2. Yonbosh suyagi qirralarining eng o’zoq no’qtalari orasidagi (qanotlararo) masofa
(distantia cristarum)
28-29 sm.
3. Son suyagi kustlari orasidagi masofa (distantia trochanterica) 30-31 sm
4. Qov birlashmasining tashqi yuzasidan dumg’aza burnining tashqi yuzasigacha bo’lgan
masofa – tashqi qonyugata
(canjgata externa)
21 smga teng. Bu ulcham anatomik qonyugata deb
ham yuritiladi.
Kichik chanoq o’lchamlari
:
1.Dumg’aza burni bilan simfizning ichki yuzasi orasidagi ulchamchin qonyugata
(
cojugata interna)
11 smga teng. Bu ulcham akusherlik qonyugatasi deb ham yurtiladi.
2.Kichik chanoqka kirish tekisligining o’lchami 12 smga teng.
3.Kichik chanoqka kirish tekisligining ung va chap qiyshiq o’lchamlari 12,5smga teng.
4.Simfiz ravogining pastki qirrasidan dumg’aza burnigacha bo’lgan masofa
(cojugata
diagonalis
) 13 smdan kam bulmasligi kerak.
5.Chanoqning chikish teshigining to’g’ri o’lchami simfiz ravogi pastki burchagidan dum
umurtqasigacha bo’lgan masofa 9,5 smga teng bo’lib, bola tugilayotgan vaqtda dum suyagining
dumg’aza –dum birlashmasida orqaga surilishi hisobiga bu ulcham 1,5
smga kengayishi
mumkin. Ayollar chanoqlarining o’lchamlari erkaklar chanogiga nisbatan 1,2-2,5 smga katta
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: