Katta boldir suyagi (os tibia). Katta boldir suyagi naysimon suyak bo’lib, uning yuqori
(proqsimal) uchi yug’onlashgan, son suyagining bir juft do’ngiga mos keladi. Bo’g’im yuzasi
o’rtasidagi do’nglik oldingi orqa tomonda suyak maydonchasi hosil qiladi. Bunda tizza
bo’g’imini mustahkamlaydigan bo’g’im ichidagi xochsimon boylam joylashgan. Proqsimal
uchning yon (lateral) tomonida kichik boldir suyagining boshi
birikadigan bo’g’im yuzasi bor. Oldingi tomonda esa katta boldir g’adir budir joylashgan. Suyak
tanasining uchburchak shaklda, oldingi va ikki yon qirralari bor. Qirralar orasida lateral, medial
va orqa yuzalari tafovut etiladi. Suyakningorqa yuqori tomonida kombalasmon mushak
birikadigan chiziq yakkol kurinib turadi.
Suyakning pastki distal uchi medial tomonda burtib chikkan tupik hosil qiladi. Lateral
tomondagi tupik kichik boldir suyagiga tallo’qli. Bu ikki tupiklar oraligi galtak shakldag bo’g’im
yuzasini hosil qilib, oyoq panjasidagi tovon suyagi bilan birikadi.
Kichik boldir suyagi (
os fibula). Kichik boldir suyagi naysion suyak, uning yuqorigi
uchidagi boshchasi katta boldir suyagining proqsimal uchi bilan bo’g’im hosil qiladi. Kichik
boldir suyagining tanasida uchta qirra va uchta yuzasi tafovut etiladi. Suyakning pastki uchi katta
boldir suyagi bilan qushilishadi va lateral tupikni hosil qiladi.
Oyoq panjasi suyaklari (ossa pedis). Oyoqning kaft va barmoq suyaklari kalta
naysimon suyaklardan tuzilgan va bu suyakning asosi, tanasi, boshchasi farq kilinadi. Oyoq
panjasi 26ta suyaklardan tashkil topgan. Oyoq panjasi gavdaning tayanchi hisoblanib,
amortizatorlik xususiyatini beradi. Uning ustki yuzasi kavarik, pastki yuzasi botik shaklda, oyoq
panjasidagi mushak, suyak va bo’g’imlarning o’ziga xos anatomik joylashishidan poshna
gumbazi hosilbo’ladi. Ba'zi odamlarda (poyafzfl noto’g’ri tanlanganda) oyoq gumbazi
yassilashadi (maymoq oyoq).