1.Ko’z kosasi qismi ko’z kosasining yuqori devorini hosil qiladi va bosh miyani ko’z
kosasi a'zolaridan to’sib turadi. Unda ko’z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Ikkala ko’z
kosasi orasida g’alvirsimon suyak joylashgan.
2.Burun qismi burun suyagi bilan birlashib, bosh va yuz suyaklarining chegarasi
hisoblanadi.
3.Palla qismi keng, ichki yuzasi notekis, unda qon tomirlar va miyaning pushta va
egatlaridan hosil bo’ladigan "barmoq izlari" bor.
Uning markazidagi sinus egati ko`r teshik bilan yakunlanadi, bu yerga bosh miya pardasi
birikadi. Pallaning tashqi yuzasi bo’rtma ko`rinishda, unda qosh ravoqlari va bir juft peshona
do’ngi bor. Palla
qismining chetlaridagi choklar bir juft tepa hamda chakka suyagi bilan birikib kalla skletining
qopqog’ini hosil qiladi..
Tepa suyagi
(
os parietale
) Teppa suyagi bir juft to’rt burchakli va to’rt qirrali yassi va
qabariq suyak bo’lib uning tashqi chiziqlari mushak va paylar birikishi uchun moslashgan. U
to’rt tomondan to’rtta suyak bilan chok hosil qilib birikadi: yuqoridan - o’zaro, oldindan -
peshona, orqadan-ensa, pastdan-ponasimon suyaklari bilan birlashadi. Tepa suyagining ichki
yuzasi notekis, unda tomirlar egati va miya pushtalaridan hosil bo’lgan "barmoq izlari" ko`rinib
turadi.
Ponasimon suyagi
(
os sphenoidale)
Ponasimon (asos) suyak murakkab tuzilgan bo’lib, u
kalla skeletining tubini hosil qiladi va kalla skeletining barcha suyaklari bilan birlashadi. Uning
tanasi, katta qanoti, kichik qanoti va qanotsimon o’simtalari bor. Bu suyak tanasida bo’shlig’i
borligi tufayli havo saqlovchi suyak hisoblanadi. Tanani yuqori yuzasi egar shaklidagi
chuqurcha hosil qiladi, u
turk egari
deyiladi, unda gipofiz bezi joylashgan. Suyak tanadan
ajralgan bir juft katta va kichik qanotlar kalla skeletining tubidagi teshik va yoriqlarni hosil qilib
qon tomir va asab tolalarining miyaga kirib chiqishi uchun moslashgan tirqishlardir. Suyakning
katta va kichik qanoti qo’shilib ko’zning yuqoridagi yorig`ini hosil qiladi. Tana bilan kichik
qanot o’rtasida esa ko’ruv asabi o’tadigan kanal joylashgan. Ponasimon suyakning bir juft
qanotsimon o’simtalari pastga qarab tanadan ajralgan joyida burun bo’shlig’ining orqa teshigi
xoana
(burun xalqumga ochilgan joy) ni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: