1.Palla (baliq tangasiga o’xshash) qismi.
2.Nog’ora (tashqi eshituv yo’liga to’g’ri keladigan) qismi.
3.So’rg’ichsimon (o’simta) qismi.
4.Piramida (toshsimon) qismi.
Chakka suyagining palla qismi baliq tangasini eslatadi va kallani tepa hamda ensa
suyaklari bilan birlashib kalla skeleti qopqog’ining ikkala yon tomonini hosil qiladi. Uning ichki
yuzasi miyani qoplagan bo’lib unda qon tomirlari va "barmoq izlari" ko`rinadi. Tashqi
yuzasidagi suyak o’simtasi yanoq suyagi bilan birlashadi, uning pastrog`ida pastki jag’ suyagi
bilan bo’g’im hosil qiladigan chuqurcha bor.
Chakka suyagining nog`ora qismi eng mayda qismdir, u tashqi eshituv yo’lini hosil
qiladi. Uning pastki tomonida bo’yin sohasidagi mushak va paylar birikadigan bigizsimon
o’simtasi bor.
So’rg’ichsimon qismi tashqi eshituv yo’lining orqasida joylashgan bo’lib, unga
bo’yinning eng uzun -
to’sh o’mrov so’rg’ichsimon
mushak birikadi. Uning ichki tuzilishi bir
qancha katakchlardan iborat bo’lib, kalla skeletiga yengillik berish xususiyatiga ega ekanligi
ehtimoldan holi emas. O`siqning miyaga qaragan yuzasi sigmasimon egatga to’g’ri keladi.
Chakka suyagining piramidasimon (toshsimon) qismining uchta: oldingi, orqa va pastki
yuzalari bor. Piramida ichida eshituv va muvozanat a'zolari, yuz asabi, uyqu arteriyasining kanali
hamda eshituv (Yevstaxiy) naylari joylashganligi bilan murakkabdir. Piramidaning oldingi
yuzasida bosh miya pushtalarining va uch shoxli asab tugunining izlari, asab tolalarining egat va
kanallari, o’rta quloqning tomi joylashgan. Orqa yuzada ichki eshituv teshigi joylashgan uning
davomi kanal bo’lib ichki quloqqa ochiladi (tashqi eshituv yo’li bilan bevosita aloqada
bo’lmaydi). Bu teshik yuz va eshituv-muvozanat asablarining kirish teshigi hisoblanadi.
Piramidaning pastki yuzasi kallaning pastki tubiga qaragan bo’lib bigizsimon-
so’rg’ichsimon o’simta oralig`idagi teshik yuz asab tolasi o’tadigan kanalning chiqish teshigi
hisoblanadi. Piramidadagi bo’yinturuq o`yma ensa suyagining bo’yinturuq chuqurchasi bilan
qo’shilib bo`yunturuq teshigini hosil qiladi. Aynan shu teshik orqali bo’yinturuq venasi kalla
bo’shlig’idan bo’yinga chiqadi. Shu yuzada uzunligi 1,5-2 santimetr keladigan ichki uyqu
arteriyasi kanali ham joylashgan bo’lib, unda shu nom bilan ataladigan arterial tomir o’tadi, u
bosh miyani qon bilan ta'minlaydigan asosiy qon tomir hisoblanadi.
Piramidaning pastki sathida eshituv (Yevstaxey) nayi joylashgan. Bu nayning uzunligi
2,5-3 sm bo’lib, u o’rta quloq bilan halqumni birlashtirib turadi va o’rta quloqqa havo
o’tkazishda xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: