Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Kallaning yuz qismi 
suyaklari. 
Kallaning yuz qismi suyaklari jumlasiga yuqori va pastki jag’, tanglay, burun, dimog’ va 
til osti suyaklari kiradi. Bu suyaklarning birlashishi natijasida kalla skeletida muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan 
ko’z kosasi, burun bo’shlig’i qanot tanglay chuqurchasi hosilalari paydo bo’ladi. 
Yuqori jag’ suyagi
(maxilla).
Yuqori jag’ suyagi yuz sohasida burun bo’shlig’ining 
ikkala yon tomonida joylashgan bo’lib uning to’rttadan o’sig’i va tanasi bor. Uning tanasida 
katta 
gaymar
bo’shlig’i bor u havo saqlovchi suyaklar turkumiga kiradi. 
Yuzalari: oldingi yuzasi oldinga qaragan notekis, uning yuqorisida it chuqurchasi bo’lib unda 
ko’z kosasining pastki teshigi ochiladi, undan qon tomirlari va asab tolalari o’tadi. Oldingi 
yuzasining medial tomoni burun o’ymasi bilan yakunlanadi. Chakka osti yuzasi qanot tanglay 
chuqurchasi va yuqori jag’ning do’mbog’ini hosil qiladi.
Burun yuzasi burun bo’shlig’ining yon devorini hosil qilishda qatnashadi. Uning oldingi 
chetida ko’z yoshi yo’lining egati ko’z yosh kanaliga davom etib ko’z kosasini burun bo’shlig’i 


bilan bog’laydi. Ko’z yoshi shu kanal orqali burun bo’shlig’iga chiqib uni namlab turadi. Ko’zga 
qaragan yuzasi nisbatan tekis bo’lib, ko’z kosasining pastki devorini hosil qilishda ishtirok etadi.
Shu bilan birga ko’zning pastki yorig’ini hosil qilib qanottanglay chuqurchasiga ochiladi. 
Bu kanalda bosh miyaning uch shoxli asabi yotadi va yuz terisini, yuqori jag’ tishlarini 
asablaydi. 
O’siqlari: 1.Peshona o’sig’i, burun va peshona suyagiga birlashadi. 2.Alveolyar 
(katakchalar) o’siqlar, tishning ildizlari kirib turishi uchun mo’ljallangan. 3.Tanglay o’sig’i 
ko’ndalangiga joylashgan bo’lib og’iz - burun bo’shlig’ining to’sig’i hisoblanadi. 4. Yanoq 
o’sig’i yanoq suyagiga birikadi. 
Tanglay suyagi
(os palatinum).
Tanglay bir juft suyakdan iborat bo’lib burun 
bo’shlig’ining ichki teshigi-xoanani yuzasini hosil qilishda ishtirok etadi, u ikkita plastinkadan 
iborat: 
1.Gorizantal plastinka yuqori jag’ning tanglay o’simtalariga qo’shilib qattiq tanglayni 
hosil qiladi. 
2.Vertikal plastinka yuqori jag’ bilan ponasimon suyakni birlashtirib turadi, shu tariqa 
burun bo’shlig’ining orqa yon devorini hosil qiladi. Plastinkaning ikki yon tomoni esa tibbiyotda 
muxim ahamiyatga ega bo’lgan qanot tanglay chuqurchasini hosil qiladi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin