Burun bo’shlig’ining aloqalari:
1.Yuqori nafas yo’li - yuqori va o’rta chig’anoq oraligida joylashgan bo’lib ponasimon
suyak bo’shlig’i va g’alvirsimon suyakning orqa suyaklari bilan kataklari bilan aloqada bo’ladi.
2.O’rta nafas yo’li - o’rta va pastki chig’anoqlar oraligi hisoblanib, u yuqorigi jag’,
peshona bo’shliqlari va g’alvirsimon suyakning oldingi kataklari bilan chegaralanib turadi.
3.Pastki nafas yo’li - pastki chig’anoq bilan yuqori jag’ suyagining tanglay o’sig’i
oraligida joylashgan. U burun ko’z yoshi kanali bilan aloqada bo’ladi.
Chakka chuqurchasi
(fossa temporalis).
Chakka suyagi va mushagi joylashgan soha
bo’lib, unda chakka arteriyasi o’tadi.
Chakka osti chuqurchasi
(
fossa infratemporalis
) aynan chakka chuqurchasining ostida
joylashgan unda qanot-tanglay chuqurchasi mavjud. Uning kattaligi 2-3 smga teng bo’lib,
oldindan yuqori jag’ do’mbog’i orqadan ponasimon suyakning o’simtasi, chuqurchaning medial
devorini esa tanglay suyagining vertikal plastinkasi hosil qiladi. Qanot - tanglay chuqurchasining
tibbiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan qon tomirlari va asab tolalari o’tadigan 5ta
aloqalari bor:
1.Og’iz bo’shlig’i bilan - kanot-tanglay kanali va katta tanglay teshigi orqali.
2.Burun bo’shlig’i bilan - asosiy tanglay teshigi orqali.
3.Ko’z kosasi bilan - ko’zning yorig’i orqali.
4.Miya bo’shlig’i bilan - yumaloq teshigi orqali.
5.Kalla skeletining tashqi yuzasi bilan-qanotsimon suyakning kanali orqali.
Dostları ilə paylaş: