Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Ikki qorinchali mushak
ovqat chaynaganda pastki jag’ni harakatga keltiradi. 
Bigizsimon til osti mushagi
til osti 
suyagini yuqoriga ko’taradi. 
Engak til osti mushagi
til osti suyagini va hiqildoqni ko’taradi. 
Til osti suyagi ostidagi mushaklar 4ta: 
To’sh - til osti mushagi
til osti suyagini pastga tortadi. 
To’sh qalqonsimon mushak
halqumni pastga tortadi 
Kalqonsimon til osti mushagi
halqumni ko`tarib turadi 
Kurak - tilosti 
mushagi
ko’rakni yuqoriga kutarib tilosti suyagi hikildoqni pastga tortadi.
Yuqorida zikr etilgan mushaklar ovkat lo’qmasini chaynash, yutish va nafas olishda 
qatnashadi. 
2.Bo’yinning chuqur mushaklari.
Bu mushaklar lateral va umurtqa oldi mushaklar 
guruxiga bo’linadi. Lateral guruxdagi mushaklardan narvonsimon (oldingi, o’rta va orqa ) 
mushaklar birinchi va ikkinchi qovurg’adan boshlanib bo’yin umurtqalariga birakadi. 
Narvonsimon mushaklarning pastki qovurg’a birikkan uchida narvonsimon mushaklar 
oralig`idagi bo’shliqlarni hosil qiladi, ulardan hayot uchun muhim bo’lgan yirik qon tomirlar va 
asab tolalari qo’ltig’ sohasi orqali qo’lga yo`nalgan. 
Vazifasi:
bo’yinni chap va o`ngga buradi, qovurg’alarni yuqoriga ko`tarib, nafas olishga 
yordam beradi. Umurtqa oldi guruhidagi mushaklar. Bo’yin va boshning uzun mushaklari 
bo’yinning oldingi ichki sathida joylashadi.
Bo’yinning uzun mushagi bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib 
o’tkir o’simtalariga birikadi. Boshning uzun mushagi ko`ndalang o’simtalaridan boshlanib kalla 
suyagining ensa sohasiga birikadi. 
Vazifasi:
bo’yin mushagi umurtqaning bo’yin qismini bo’kadi boshning uzun mushagi 
boshni bo’kadi. 
Fassiyalari.
Bo’yin sohasida 3 ta fassiya tafovut etiladi. 
1.Yuza fassiyasi yupqa bo’lib, teri osti mushagini o’rab turadi. 
2.O’rta fassiya to’sh o’mrov so’rg’ichsimon mushagi, til osti suyagi va usti va ostidagi 
mushaklarni o’raydi. 
3.Chuqur fassiya umurtqaning bo’yin qismidagi chuqur mushaklarni o’raydi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin