Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Bo’yin uchburchaklari.
Bo’yin sohasidan yuqoridan pastki jag’ suyagi, pastdan o’mrov suyagi, orqadan 
trapesiyasimon mushak, oldindan bo’yinning oq chizig`i bilan chegaralangan ikkita 
to’rtburchakli soha hosil bo’ladi. Shu to’rtburchakli sohani bo’yinning uzun to’sh - o’mrov 
so’rg’ichsimon mushagi ikkiga bo’lib o`tadi va ikkita katta uchburchakni hosil qiladi. 
1.
Bo’yinning tashqi
(lateral) katta uchburchagi-o’mrov til osti mushagi yordamida ikkita 
kichik uchburchakka bo’linadi: ko’rak-trapesiya va ko’rak-o’mrov uchburchagi. 
2.
Bo’yinning ichki
(medial) katta uchburchagi ikki qorinchali mushak yordamida 3ta 
kichik uchburchaklarga bo’linadi: pastki jag’ osti uchburchagi, uyqu uchburchagi va bo’yin o’rta 
uchburchagi. 


Bu uchburchaklar sohasi orqali tananing bosh va ko’krak a'zolariga asab tolalari, qon – 
tomirlar o’tganligini bilish jarroxlik amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bosh mushaklari. 
Bosh mushaklari mimik va chaynov mushaklaridan tuzilgan bo’lib, boshning yuz va kalla 
qismidagi mushaklarga bo’linadi: 
Kalla qismdagi mushaklar 2 guruxga bo’linadi: 
1.Kalla qapqog`ini o’rab turuvchi mushaklar. 
2.Boshning yuz qismidagi mushaklar 
Birinchi guruxdagi mushaklar jumlasiga: 
Peshona-ensa mushagi
(m. occipito frontalis)
va quloqning tashqi teshigi atrofida 
joylashgan quloq suprasining oldingi, orqa va yuqori mushaklari kiradi. Oxirgi sanab o’tilgan 
mushaklar odamlarda 
rudement mushaklar hisoblanib, ular hayvonlarda yaxshi rivojlangan. 
Vazifasi:
quloq suprasini harakatga keltiradi. 
Yuz qismning mushaklari mimik mushaklardan tuzilgan bo’lib, ularning boshqa 
mushaklardan farqi shundaki, ular suyaklardan boshlanib yuz terisiga yopishadi, binobarin yuz 
qiyofasi mushak 
qisqarishi bilan o’zgarib turadi. Bundan tashqari yuz qismida joylashgan chaynov mushaklari 
yordamida pastki jag’ suyagini harakatga keltirib, chaynash, tishlash, gapirish, nafas olish kabi 
fiziologik jarayonlarda qatnashadi. 
Yuzning aksariyat mushaklari kalla skeletining tabiy hosilalari (ko’z, quloq, og’iz, burun)
atrofida joylashib toraytiruvchi (sifinkter) lar, kengaytiruvchi (dilatator) lar, ko`taruvchi 
(levator)lar va tushuruvchi (depressor) mushaklardan tuzilgan. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin