Qanotsimon lateral va medial mushaklar (
m. pterygoideus). Vazifasi: chaynov mushaklari pastki jag’ni oldinga orqaga va ikki yonga harakatlantirib,
ovkat chaynash va ovkat lo’qmasini maydalab yutishda yordam beradi va so’zlarni to’g’ri
talaffuz etishda ishtirok
etadi.
Qo’l mushaklari. Qo’l mushaklari - yelka kamari va qo’lning erkin qismi mushaklariga bo’linadi. Elka
kamari mushaklari yelka bo’g’imi atrofida ko’rak va gavdaning orqa mushaklaridan boshlanib,
yelka suyagiga birikadigan 6ta mushaklardan iborat. Bularga deltasimon, ko’rak qirra usti va osti
mushaklari, kichik va katta yumalo’q mushaklar, ko’rak osti mushagi.
Deltasimon mushak (m. deltoideus) ko’rak qirrasi va o’mrov suyagidan boshlanib yelka
suyagining shu nom bilan ataladigan g`adir - budiriga birikadi.
Vazifasi:_qo’lni_yuqoriga_ko’taradi_va_tanadan_uzoqlashtiradi,_deltasimon_mushakka_sinergist_mushak_hisoblanadi._Ko’rak_qirra_osti_mushagi'>Vazifasi: yelka bo’g’imini bukadi, yelkani tanadan uzoqlashtiradi.
Ko’rak qirra usti mushagi (m. supraspinalis) shu nom bilan ataladigan ko’rak
chuqurchasini to`ldirib yelka suyagidagi katta do’mbo’qqa birikadi.
Vazifasi: qo’lni yuqoriga ko’taradi va tanadan uzoqlashtiradi, deltasimon mushakka
sinergist mushak hisoblanadi.
Ko’rak qirra osti mushagi (m. ibfraspibalis) ko’rakning shu nom bilan ataladigan
chuqurchasidan boshlanib, elka suyagining katta do’mbog’iga birikadi.
Vazifasi: yelkani tashqariga (supinatio)buradi.
Ko’rak osti mushagi (m. subscapularis) ko’rakning ichki yuzasidan boshlanib uning
tolalari yelka suyagining kichik do’mbog’iga birikadi. Shunday qilib bu mushak ko’rakning
qovurg’aga qaragan yuzasini to`ldirib turadi.
Vazifasi: yelkani ichkariga buradi (pronatio) qo’ltig’ osti chuqurchasining orqa devori
yuzasini hosil qilishda qatnashadi.