ularning ichki kaft - suyaklararo mushak tolalari qisqarganda qo’l panjasi barmoqlari bir-biridan
uzoqlashadi va tashqi kaft-suyaklararo mushak tolalari qisqarganda yaqinlashadi. 3-guruh
mushaklar esa 2-5-barmoqlarni bukuvchi kaft-barmoqlar bo’g’inining kalta chuvalchangsimon
mushaklaridan to’zilgan.
Fassiyasi.
Yelka sohasida barcha mushaklarni yaxlit o’raydigan yuzava oldingi guruh
mushaklarini orqa guruh mushaklaridan ajratib to’siq hosil qiladigan xususiy fassiya bor. Bilak
fassiyasi yelka sohasidagi fassiyaning davomi bo’lib, yuza fassiyasi mushaklarini yaxlit o’raydi,
chuqur fassiya oldingi va orqa guruh mushaklaridan ajratib turadi. Kaft fassiyasi tirsak va bilak
fassiyalarini bevosita davomidir. U kaft sohasida qalinlashib, kaft
aponevrozini
hosil qiladi.
Qo’ltig’ osti chuqurchasi -to’rtta mushakli devordan tuzilgan. Oldindan ko’krakning katta
mushagi, orqadan ko’rak osti mushagi, lateral (tashqi yon) tomonidan yelka mushaklari va
suyagi medial (ichki) tomonidan ko’rakning oldingi tishli mushagidan hosil bo’lgan.
Tirsak chuqurchasi -tirsak bo’g’imining oldingi sohasida hosil bo’ladi. Chuqurchani
laterial tomonidan yelka bilak mushagining proksimal uchi, medal tomonida yumalo’q pronator
mushak va yuqoridan yelka mushagining destal uchi chegaralab turadi.
Yuqorida zikr etilgan chuqurchalarda odam organizmi uchun muhum ahamiyatga ega
bo’lgan qon va limfa tomirlari, asab tolalari va limfa tugunlari joylashadi.
Dostları ilə paylaş: