Uzbekiston respublikasi xalk taъlimi vazirligi navoiy davlat pedagogika



Yüklə 444,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/49
tarix25.12.2023
ölçüsü444,32 Kb.
#194537
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
a.s.ilyasov harakat va tayanch azolar tizimi anatomiyasi

Katta yumalo’q mushak
(m. teres major)
ko’rakning pastki mushagidan boshshlanib 
yelkaning kichik do’mbog’iga birikadi. 
Vazifasi:
yelkani ichkariga buradi (pronatio). Ko’rakning qirra osti mushagiga sinergist 
hisoblanadi. 
Kichik yumalo’q mushak
(m. teres minor) ko’rakning lateral (yon) chetidan boshlanib 
yelka suyagining katta do’mbog’iga birikadi. 
Vazifasi:
yelkani tashqariga buradi (supenatio). 
Qo’lning erkin qismi 
mushaklari. 
Qo’lning erkin qismi mushaklari yelka, bilak va qo’l panjasi mushaklariga bo’linadi. 
Yelkaning mushaklari o’z navbatida qo’lni bukuvchi (oldingi gurux) va yozuvchi (orqa gurux) 
mushaklarga bo’linadi. 


Oldingi guruxdagi mushaklar yelkaning ikki boshli, yelka va yelka tumshuqsimon 
mushaklaridan iborat. 
Elkaning ikki boshli mushagi
(m. biceps brachii)
yelka sohasining yuzasida joylashgan 
( yigitlar maqtanadigan mushak) ikkita boshi bilan ko’rak suyagidan boshlanib tirsak suyagining 
yuqorigi 
(proksimal) uchiga birikadi. 
Vazifasi:_qo’lni_yelka_va_tirsak_bo’g’imlarida_bukadi._Elka_mushagi'>Vazifasi:
qo’lni yelka va tirsak bo’g’imlarida bukadi. 
Elka mushagi
(m. brachialis)
ikki boshli mushakning ostida yelka suyagining bevosita 
tanasidan boshlanib bilak suyagining yuqori (proksimal) uchiga qarab tortilgan. 
Vazifasi:
qo’lni tirsak bo’g’imida bukadi. 
Tumsho’qsimon-elka mushagi
(m. coracobrachiaesl)
ko’rak suyagining tumsho’qsimon 
to’sig’idan boshlanib yelka suyagining bevosita tanasiga tortilgan. 
Vazifasi:
qo’lni yelka bo’g’imida bukadi. 
Elkaning old guruhidagi mushaklar bir-biri bilan sinegrist mushaklar hisoblanadi. Elkani
orqa guruxi bitta mustahkam mushakdan iborat. 
Elkani uch boshli mushagi
(m.triceps brachi
) mushakni bitta uzun shoxi ko’rakdan, 
ikkita kalta shoxi bevosita yelka suyagidan boshlanib, tirsak o’sig’iga birikadi. 
Vazifasi:
qo’lni yelka va tirsak bo’g’imlarida yozadi, yelkani oldingi guruhi 
mushaklariga antagonist hisoblanadi. 
Tirsak va bilak suyaklari sohasidagi mushaklar oldingi (bukuvchi) va orqa (yozuvchi ) 
mushaklarga bo’linadi. 
Oldingi guruh mushaklari jami 9 ta bo’lib, aksariyati yelka suyagini medial o’sig’idan 
boshlanadi va qo’l panja suyaklariga yaqinlashib bukish va ichkariga burish (pronatio) 
vazifalarini bajaradi. Bular quyidagilar: ikkita mushak tirsak va bilak tomoniga bukuvchi 
mushaklar, ikkita mushak qo’l panjasi barmoqlarini bukuvchi yuzahamda chuqur mushaklar, 
bosh barmoqni bukuvchi bitta mushak, ikkita qo’l panjasini ichkariga buruvchi yumaloq va 
kvadratsimon (pronator) mushaklar. 
Tirsak va bilakni orqa guruhi mushaklarini aksariyati yelka suyagini lateral tepasidan 
boshlanib, qo’l panjasi suyaklariga birikib qo’lni yozishi va tashqariga burishi 
(supinatio
) tufayli 
oldingi mushaklarga nisbatn antogonistidir. 
Orqa guruhidagi mushaklarga quyidagilar tegishli:uchta qo’l panjasini yozuvchi 
mushaklar, kaft suyagiga birikadi.
Shundan ikkitasi qo’lni bilak tomonga, bittasi tirsakka qarab yozadi.Qo’l barmoqlarini yozuvchi 
uzun mushakning to’rtta paylari qo’l panjasini 2-5barmoqlarni tirnoq falangalariga birikadi. 
Ikkita mushak bosh barmoqni yozuvchi kalta va uzun mushaklardir. Bittasi bosh barmoqni 
uzoqlashtiruvchi mushak.1ta supinator mushak tirsak va bilak suyaklarini yuqorigi (proksimal) 
uchida joylashgan pronator mushaklariga antogonist bo’lib, qo’lni tashqariga buradi. 

Yüklə 444,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin