Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
TARIX dastur

Tаriхiy mаnbаlаrni turkumlаsh 
Tаriхiy mаnbаlаrning аsоsiy guruhlаri. Yozmа mаnbаlаr vа ulаrning аsоsiy turlаri. 
Tarixiy manbalarni turkumlash haqida tuhuncha. Turkumlashdagi asosiy tamoyillar: 
manbalarni mazmuniga, kelib chiqishiga va yo’nalishiga qarab guruhlarga ajratish. Tarixiy 
manbalarning asosiy turlari: moddiy yodgorliklar, ma’naviy yodgorliklar. Tarixiy manbaning 
shakl va mazmuniga qarab guruhlarga bo’linishi: moddiy (ashyoviy) manbalar; etnografik 
manbalar; lingvistik manbalar; folklor manbalari, kino va fotohujjatar, fonohujjatlar, yozma 
manbalar, grafik materiallar va tasviriy manbalar, texnik hujjatlar, sotdioilogik tadqiqotlar 
natijalari, virtual manbalar. 
Yozma manbalarning asosiy turlari. Tarixiy qoldiqlar: qonunchilik hujjatlari, ish yuritish 
hujjatlari va h.k. Tarixiy an’analar: yilnomalar, xronikalar, tarixiy asarlar, memuar adbiytolar, 
davriy matbuot materiallari. 
Tarixiy manbalarni o’rganish, aniqlash va tahlil qilish 
Tarixiy manbalarni anqilash va tanlash. Manbalarning ichki tahlili. Manbalarning tashqi 
tahlili. 
Manbashunoslik sohasidagi tadqiqot. Manbalarni anqilash. Manbalarni tahlil qilish 
usullari. Manbalarni tashqi va ichki belgilariga qarab tahlil qilish. Matnni anqilash. Asl manba. 
Manba yozilgan davr va joy, unda tarixiylikning in’ikosi. Manbaning yaratilish tarixi, shart- sharoit 
va undagi tarixiy haqqoniylik me’zoni. Asl manbadan ko’chirilgan nusxalar. Nusxalarning asl 
manbaga yaqinligini anqilash muammolari. Tarixiy manbadagi ma’lumotlarning to’g’rilik darajasi. 
O‘rta Osiyo tarixiga oid qadimgi va ilk o‘rta asr yozma manbalari 
Qadimgi eron manbalari. “Avesto”. Qadimgi yunon va rim manbalari. Qadimgi xitoy 
manbalari. 
Qadimgi eron manbalar (Behustun, Persepol, Naqshi Rustam, Doro I bitiklari). “Avesto” 
– qadimiy yozma yodgorlik. “Avesto”da O‘rta Osiyo tavsifi. 
Qadimgi yunon va rim muallifkarining asarlai O’rta Osiyo qadimgi davri tarixiga oid 
muhim manba: Gerodot, Diodor, Pompey Trog, Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Gay Pliniy, Plutarx, 
Polibiy, Strabon, Klavdiy Ptolemey asarlari. 
Xitoy solmonlari O‘rta Osiyoning tarixi bo’yicha manba sifatida. Xitoylik elchi va sayyoh Chjan 


39 
Syan yozib qoldirgan ma’lumotlar. Sima Syan va uning “Shi tzi (“Tarixiy esdaliklar”) asari”. 
Ban Gu qalamiga mansub “Syan Xan-shu (“Avvalgi Xan sulolasi tarixi”) asari”. 
Ilk o’rta asrlar tarixiga oid xitoy manbalari. Turkiy epigrafik yodgorliklar. So’g’da 
hujjatlari. 
Xitoy solmonlari ilk o’rta asrlar tarixiga oid muhim manba sifatida. “Xou-Xan-shu” 
(“Keyingi Xan sulolasi tarixi”), “Bey-shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”), “Suy-shu” (“Suy 
xonadoni tarixi”) yilnomalarida keltirilgan O‘rta Osiyo tarixiga oid ma’lumotlar. 
Qadimgi turkiy manbalar. Turk-runik bitiklari, ularning geografiyasi. To’nyuhuq bitigi, 
Kultegin bitigi, Bilga xoqon va Ongin bitigi. 
So’g’d hujjatlari o’rta asrlar O‘rta Osiyo tarixiga oid muhim manba.
Mug‘ qa’lasidan 
topilgan hujjatlar. Afrosiyob, Sharqiy Turkistondan topilgan so‘g‘d hujjatlarning manbaviy 
ahamiyati. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin