Kurs ishi mavzu: “Qattiq jism lazerlari” Bajargan: Rajapova g qabul qiluvchi: Abdullayev d nukus 023 mundarija kirish


microwave amplification by stimulated emission of radiation )



Yüklə 234,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix25.12.2023
ölçüsü234,43 Kb.
#194856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Rajapova G kurs ishi

 
microwave amplification by stimulated emission of radiation
)
- ingliz so‘zlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni mikroto‘lqinni 
majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari uchun ular 1964-yili Nobel 
mukofotining sovrindori bo‘lishdi.
Kvant elektronikasining rivojlanishi elektromagnit to‘lqinning yangi, 
infraqizil va ko‘zga ko‘rinuvchi sohalarida kogerent nurlanish olishga yo‘naltirildi. 
Dunyoning ko‘p ilmiy laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida ish boshlab 
yuborildi. Bu ishlarning rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant qurilmalarida 
ochiq optik rezanotor sifatida Fabri-Pero ( etaloni) interferometrini qo‘llash g‘oyasi 
hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Birinchi gazli lazer (Laser – light amplification by stimulated emission of 
radiation – ya’ni yorug‘likni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish demakdir) 
1961-yilda neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish holatida infraqizil 
sohada to‘lqin uzunligi 1,15 mkm bo‘lgan kogerent nurlanish berdi. 1962-yilda 
geliy-neon lazerlarida ko‘zga ko‘rinadigan sohada, 0,63 mkm to‘lqin uzunlikli, qizil 
rangli kogerent nurlanish hosil qilindi. Shundan beri geliy–neon lazeri 
takominllashib kelinmoqda [5].
Lazer texnologiyasi jarayonlarini shartli ravishda ikki turga bo‘lish. Ularni 
birinchisida lazer nurini o‘ta aniq fokuslash va impulsli rejimda ham, uzluksiz 
rejimda ham energiyani aniq dozalash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday 
texnologik jarayonlarda o‘rtacha quvvati uncha yuqori bo‘lmagan lazerlar: impuls- 
davriy ishlaydigan gaz lazerlari, neodim kirishmali itiriy-alyuminiy granat 
kristallaridagi lazerlar qo‘llaniladi. Keyingi lazerlar yordamida soatsozlik sanoati 
uchun yoqut va olmos toshlarda mayda (diametri 1-10 mkm va chuqurligi 10-100 
mkm gacha) teshiklar parmalash texnologiyasi va ingichka sim tortish uchun filerlar 
texnologiyasi ishlab chiqilgan. Kichik quvvatli impuls lazerlar qo‘llanadigan asosiy 



soha mikroelektronika va elektrovakuum sanoatida mitti detallarni kesish va 
payvandlash, mitti detallarga markalar tushirish bilan bog‘liq; poligrafiya sanoati 
ehtiyojlari uchun raqamlar, harflar, tasvirlar avtomatik tarzda kuydirib tayyorlanadi. 
Keyingi yillarda mikroelektronikaning eng muhim sohalaridan biri-
fotolitografiyada oddiy yorug‘lik manbai o‘rniga lazerlardan foydalanilmoqda. 
Ma’lumki, fotolitografiya usulini qo‘llamay turib, o‘ta mitti bosma platalar, integral 
sxemalar va mikroelektron texnikaning boshqa elementlarini tayyorlab bo‘lmaydi.
Submikron litografiyadagi keyingi taraqqiyot ekspozitsiyalovchi yorug‘lik 
manbai sifatida lazer nuri vujudga keltiradigan plazmadan tarqaladigan yumshoq 
rentgen nurlanishidan foydalanish bilan bog‘liq. Bu holda rentgen nurlanishining 
to‘lqin uzunligi (((0,01-0,001mkm) bilan belgilanadigan ajratish chegarasi juda 
ulkan bo‘ladi. 
Lazer tenologiyasining ikkinchi turi o‘rtacha quvvati katta: 1 kVt gacha va 
undan yuqori bo‘lgan lazerlardan foydalanishga asoslangan. Yuqori quvvatli 
lazerlardan kuchli texnologik jarayonlar: qalin po‘lat listlarni qirqish va 
payvandlash, sirtqi toblash, yirik gabaritli detallarga metallni eritib yopishtirish va 
legirlash (metallarni maxsus material, xrom, nikel va boshqalar bilan qoplash), 
binolar sirtini tozalash, marmar, granitni kesish, gazlama, teri va boshqa 
materiallarni bichishda foydalaniladi. Metallarni lazer bilan payvandlashda chok 
juda sifatli chiqadi, elektron-nurli payvandda ishlatiladigan vakuum kameralarga 
ehtiyoj qolmaydi, bu esa konveyyerli ishlab chiqarishda juda muhimdir.
Qudratli lazer texnologiyasi mashinasozlikda, avtomobil sanoatida, qurilish 
materiallari sanoatda qo‘llaniladi. U materiallarga ishlov berish sifatini oshiribgina 
qolmay, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham 
yaxshilaydi. Masalan, 14 mkm qalinlikdagi po‘lat listlarni lazer bilan payvandlash 
tezligi 100 m/soat ga yetadi; bunda 10 kVt(soat elektr energiya sarflanadi. 
Bundan ham quvvatliroq lazer texnikasi rivojlanishi bilan lazer nurlanish 
energiyasi an’anaviy energiya turlari (elektr tok energiyasi, mexanik energiya, 
ximiya jarayonlar energiyasi) bilan bir qatorda xalq xo‘jaligida borgan sari keng 
qo‘llanilmoqda. 


10 

Yüklə 234,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin