Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Ish bilan ta‟minlashga ko‟maklashuvchi davlat jamg‟armasi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

 
5.4. Ish bilan ta‟minlashga ko‟maklashuvchi davlat jamg‟armasi 
mablag‟larining shakllanish manbalari va xarajatlari tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi davlat 
jamg‘armasi aholini ish bilan ta‘minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga
oshirish hamda mehnat, aholini ish bilan ta‘minlash va ijtimoiy muhofaza


87 
qilish tuman (shahar) bo‘limlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi tadbirlarini 
mablag‘ bilan ta‘minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan. 
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi faoliyatini, 
uning 
me‘yoriy-huquqiy 
asosini 
O‟zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 2 apreldagi
“O‟zbekiston Respublikasi Ish bilan 
ta‟minlashga 
ko‟maklashuvchi 
davlat 
jamg‟armasi 
mablag‟larini 
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‟g‟risida”gi 173-son qarori
16
tashkil etadi. Mazkur qarorga muvofiq jamg‘armasi byudjetdan tashqari maqsadli 
davlat jamg‘armasi hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida tashkil
etiladi va uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning 
maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolingan holda Davlat byudjeti tarkibida
jamlanadi hamda Jamg‘armaning mustaqil balansida aks ettiriladi. 
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘lari
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish bosh boshqarmalarining byudjetdan tashqari maqsadli maxsus 
hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 
ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Ish bilan ta‘minlash jamg‘armasi 
mablag‘larining etmish foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ixtiyorida qoladi, keyinchalik
tumanlar va shaharlar o‘rtasida taqsimlanadi, o‘ttiz foizi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tegishli hududiy
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
16
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 2 апрелдаги ―Ўзбекистон Республикаси Иш 
билан таъминлашга кўмаклашувчи давлат жамғармаси маблағларини шакллантириш ва улардан 
фойдаланиш тартиби тўғрисида‖ги 173-сон қарори // www.lex.uz. 


88 
qilish boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari bilan pul o‘tkazish yo‘li bilan 
respublika darajasida markazlashtiriladi. 
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning asosiy vazifalari 
quyidagilar hisoblanadi: 

ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini 
amalga oshirish; 

mehnat bo‘limlari ta‘minotini moliyalashtirish; 

tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini saqlab 
qolish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun kreditlar berish; 

fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan ta‘minlash
va ijtimoiy muxofaza hilish masalalari bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarni ishlab
chiqish, sostiologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan 
ta‘minlash. 
Quyidagi jadvalda ish bilan ta‘minlash jamg‘armasi mablag‘larining 
shakllanish manbalari va xarajatlari tarkibi keltirilgan (5.1-jadval).

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin