95
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini og‘zaki kelishuvga
muvofiq to‘liq hajmda va o‘z vaqtida to‘lashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga zarur
ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta‘minlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va
xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan
baxtsiz hodisalar to‘g‘risida Markazga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar
berishga majburdir.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazi ko‘rgazmali
axborotlar o‘rin olgan stendlar bilan jihozlanadi, ularda vaqtinchalik bir martalik
ishlarga oid takliflar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, tuman (shahar) korxonalaridagi
mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, amaldagi mehnat va ish bilan
ta‘minlash to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlaridan ko‘chirmalar hamda mehnat
xavfsizligi qoidalariga doir yo‘riqnomalar, boshqa zarur ma‘lumotlar
joylashtiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-
sharoitlar bilan ta‘minlash maqsadida Markaz ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya
uzellari, shuningdek o‘tiradigan joylar bilan jihozlanadi.
Markazni barpo etish va uni joriy ta‘minlash xarajatlari Ish bilan ta‘minlashga
ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish
beruvchi xususiy shaxslarga Markaz bepul xizmat ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: