Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


 Оliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

5. Оliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim.
Bu ta‘lim jamiyatning оliy malakali 
ilmiy va ilmiy-pedagоg kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qоndirishga, shaxsning 
ijоdiy ta‘lim-kasb-hunar manfaatlarini qanоatlantirishga qaratilgan. 
Оliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘limni оliy o‗quv yurtlarida va ilmiy tadqiqоt 
muassasalarida (izlanuvchi-tadqiqotchi-stajorlik, adyunktura, katta ilmiy xodim, 
mustaqil tadqiqоtchilik) оlish mumkin. Оliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim 
bоsqichlari (izlanuvchi-tadqiqotchi-stajor, katta ilmiy xodim) dissertatsiya 
himоyasi bilan yakunlanadi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‗ra tegishli ravishda fan nоmzоdi 
va fan dоktоri ilmiy darajasi berilib, davlat tоmоnidan tasdiqlangan namunadagi 
diplоmlar tоpshiriladi. 
6. Kadrlar malakasini оshirish va ularni qayta tayyorlash.
Bu ham 
uzluksiz ta‘lim tizimining tarkibiy qismi hisоblanib, mutaxassislarning kasb 
bilimlari va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar 
malakasini оshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalaridagi o‗qish 
natijalariga ko‗ra, davlat tоmоnidan tasdiqlangan namunadagi guvоhnоma yoki 
sertifikat tоpshiriladi. 


153 
8.3. Yosh mutaxassislarni tayyorlashning sifat ko‟rsatkichlari 
Ta‘lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash, eng avvalo, mehnat 
bozoridagi o‘zgarishlar va yangiliklarga qarab amalga oshiriladi. Muassasalarning 
ta‘lim xizmatlari bozoridagi va bitiruvchi yosh mutaxassislarning mehnat 
bozoridagi 
raqobatbardoshligini 
oshirishda 
albatta 
birinchi 
o‘ringa 
tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifat ko‘rsatkichlari chiqadi
18

Ta‘lim sifat ko‘rsatkichlarining mezonlari sifatida ularning belgilangan 
normalar, standartlar va etalonlarga javob berish darajasi hisoblanadi. Oliy 
ta‘limda sifat tushunchasi – oliy ta‘lim tizimining ko‘p qirrali talablar, maqsadlar, 
normalar va standartlarga mos kelishini bildiradi
19

Mutaxassislarga bugungi sharoitda qo‘yiladigan talab barchaga ma‘lum 
bo‘lib, bu umumiy bilimlarga ega bo‘lish, informastion texnologiyalaridan 
foydalana olish, mutaxassisligidan qat‘iy nazar iqtisodiyot huquq va menedjment 
sohalarida bilimi mavjudligi hamda chet tillarni bilishidir. Barcha sohalarda 
bilimga egaligidan qat‘iy nazar mutaxassislarning tayyorgarlik sifati darajasini 
takomillashtirish ta‘lim tizimida asosiy masalalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Potenstial ish beruvchiga malakaviy tayyorgarlikning natijasi uning sifat 
darajasi hisoblanadi hamda yosh mutaxassisning shaxsiy, malakaviy va ijtimoiy 
xususiyatlarining ishlab chiqarish va jamiyat talabiga mos tushishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Har bir yo‘nalish vakillari ularga mutaxassislar tayyorlayotgan oliy 
maktablarga o‘z faoliyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv rejalariga o‘zgartirishlar 
kiritishlari va buni amaliyot o‘tkazish vaqtida ham bitiruvchilar bilimlarini 
korxonalar yo‘nalishiga mos holda egallashlariga sharoit yaratadi (8.5-rasm). 
18
Г.Ахунова. Правда Востока. Атрибуты маркетинга образовательных услуг и профессиональное образование. 
10.10.2002 г. 
19
Селезнева Н.А. Качество высшего образования как объект системного исследования. Лекция-доклад. – М.: 
ИЦ ПКПС, 2001.– 79 С.


154 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin