Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
kasbiy xotira” 

xodimning ilgari idrok etib amalga oshirgan, boshidan kechirgan, tezkor 
xizmat faoliyatiga aloqador va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur 
bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash va keyinchalik yana xotirada 
qayta tiklash xususiyatlarini ifodalovchi xislat». 
Muxandis 
xodimlardan 
faoliyatini 
tashkil 
etishda 
xotiraning 
muvaffaqiyatga erishtiruvchi asosiy jarayonla- rini bilish talab etiladi. Xotirada 
axborotni eslab qolish, keyin esga tushirish jarayoni sub’ekt faoliyatida katta 
ahamiyat kasb etadi va bu axborotdan qanday maqsadda foydalanishga bog’liq. 
Faoliyatning maqsadi bilan bevosita bog’liq material ko’proq esda qoladi, u 
hatto astoydil esda saqlash jarayonidan ham kuchli bo’ladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, esda saqlash jarayonida his- tuyg’ularning ham 
3
Karimova V. M., Akramova F. A. Psixologiya. – T., 2000. – B. 75–76. 


44 
ta’siri kuchli bo’ladi. Kuchli hissiyot ta’sirida axborot esda yaxshi saqlanadi. 
Voqea-hodisalar 
his-tuyg’ularni 
qo’zg’atsa 
(ya’ni 
kechirilgan 
hissiyotlarning qayta-qayta qo’zg’alishi natijasida), fikr yuritish qobiliyati yoki 
aqliy faoliyat yanada faollashadi. 
«Shaxs ongidagi qabul qilingan yoki qabul qilinmagan axborotlar ko’p 
hollarda ahamiyatga ega bo’lmay qolganda turli muddat ichida yoddan 
ko’tarilishi kuzatilgan. Bu holat axborotning shaxs faoliyatidagi ahamiyati bilan 
emas, balki hayoti yoki faoliyatida vujudga kelgan yangi sharoitlar, o’zgarishlar 
bilan bog’liq bo’lib, uning birlamchi ahamiyatini susaytirib yuborishi mumkin»
4

Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq 
muddatli bo’lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo’ladi. Har qanday 
voqea-hodisa, avvalo, 
birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga 
tushadi. 
Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq 
muddatli xotira blokiga 
o’tishi mumkin. 
Aks etish – reverbatsiyaning 
davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab 
katakchalarida turg’un o’zgarishlarni qo’zg’atadi. Bu jarayon uzoq muddatli 
xotira mexanizmi hisoblanadi
5

Eslash va eslashga harakat qilish 
bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir 
tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo’lsa, 
ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon 
qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh
jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg’itmaslik, 
savol berib gapini bo’lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan 
latent qobiqni faollashtirish uchun so’roqni erkin bayondan boshlash lozim. 
Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo’lib, 
normal 
fiziologik 
hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga 
qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo’lmaydi. 
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manba- larni eslay 
4
Зинченко
 
П

И
. Непроизвольное запоминание. – СПБ., 2000. – С. 26. 
5
Лук
 
А

Н

Памят и кибернетика. – М., 1999. – С. 11.


45 
oladi. «
Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga 
o’tishni ta’minlovchi ip»
6
 
deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson 
kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy 
tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash 
mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismigina 
zarurat tug’ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi 
doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. 
Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb 
hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin. 
Xodimning 
kasbiy 
xotirasini 
maqsadli 
rivojlantirish 
quyidagi 
yo’nalishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi: 

odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti- harakatlaridagi 
o’ziga xosliklarni eslab qolish va tanish

xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammolarni hal 
etish xususiyatlarini ifodalovchi so’zdagi axborotni eslab qolish va xotirada 
saqlash; 

qidiruvda bo’lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish 
va tanish; 

o’g’irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish; 

joy chizmalari, harakatlanish yo’nalishlarini eslab qolish va xotirada 
saqlash. 
Xodimlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash, 
esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy 
xotirani rivojlantirishga yordam beradi. 
Ma’lumotni esda saqlash printsiplari: 
1)
maqsadni to’g’ri tanlash; 
2)
axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko’rish orqali) turli 
bog’liqliklarni o’rnatish. 
6

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin